Kontent qismiga oʻtish

Sin Shixuandi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sin Shixuandi
Tavalludi mil. avv. 259
Vafoti mil. avv. 210
Fuqaroligi Sin va Qin
Otasi King Zhuangxiang of Qin
Onasi Queen Dowager Zhao

Sin Shixuandi, asl ismi In Chjen (mil. av. 259210) — Sin saltanati podshosi (mil. av. 246221), Xitoy imperatori (mil. av. 221—210). Sin hukmdorlari xonadoniga mansub boʻlgan. Xitoydagi olti ta podsholikni bosib olib, mil. av. 221-yil yagona markazlashgan Sin imperiyasini barpo etgan va oʻzini birinchi Xitoy imperatori — Sin Shixuandi deb eʼlon qilgan. Uning davrida, mil. av. 215/214-yildan Buyuk Xitoy devorini ilgari mavjud boʻlgan chegara istehkomlari bilan yaxlit holga keltirish jarayoni boshlangan. Sin Shixuandi qoʻlida qonun chiqarish, oliy ijroiya va sud hokimiyati toʻplangan. Oʻz hokimiyatiga nisbatan har qanday tankidiy munosabatlarga barham berish maqsadida mil. av. 213-yil xususiy shaxslar qoʻlida saqlanayotgan gumanitar adabiyotlarni yoqish haqida farmon chiqargan. Mil.av.212-yil S.Sh. imperator hokimiyatiga qarshi xalqni koʻtarmoqchi boʻlgan 460 ta konfutsiylik arboblarini qatl ettirgan. S.Sh. davrida zulm kuchaygan, uning vafotidan soʻng xalq qoʻzgʻolonlari koʻtarilib Sin imperiyasi barham topgan. Imperator hozirgi Sian yaqinidagi dafn etilgan yeri bilan shuhrat qozongan; maqbarani 700 ming asir-qul barpo etgan. Sin Shixuandi oʻlimidan soʻng ham harbiy kuchga tayanish uchun 6 ming jangchisi va otlarning boʻy baravar kat-tlikdagi haykallarini yasashni buyurgan. Sin Shixuandi vafot etganida barcha haykallar ham u bilan qoʻshib koʻmilgan. 1974-yil S.Sh. dafn etilgan joydan jangchilar va otlarning boʻy baravar kattalikda ishlangan terrakota haykallari (taxminan mil. av. 210-yil) topilgan.