Kontent qismiga oʻtish

Sinekologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sinekologiya(qadimgi yunoncha „sin“-birgalikda) — tirik organizmlar jamoasi, uyushmasi, birligining ekologiyasi.

Sinekologiya statistik yoʻllar bilan ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, tirik organizmlarning turli guruhlarini, turlar soni, sifati, tarkibi, uchrovchanligi, doimiy yoki vaqtincha uchraydigan turlarni, ularning tarqalishi, mahsuldorlik va energiya oqimlarini oʻrganadi. Sinekologiya ekologiya boʻlimi boʻlib, ekologiyada tirik mavjudodlarning bir-biri bilan, shuningdek, yashaydigan muhit bilan munosabatlarini oʻrganishga mas’ul boʻlgan qismidir.

Autekologiya

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.

Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.