Sinf
Sinf (biologiyada) — sistematikada yirik taksonomik kategoriyalardan biri. Sochi oʻzaro qarindosh turkumlar (hayvonlar) yoki tartiblarni (oʻsimliklar) birlashtiradi. Mas, kemiruvchilar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, yirtqichlar, primatlar turkumlari sut emizuvchilar Sochini tashkil etadi. Umumiy tuzilishga ega boʻlgan va bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan Sochi bir tip (hayvonlar) yoki boʻlimga (oʻsimliklar) kiritiladi, mas, sut emizuvchilar, qushlar, yeudralib yuruvchilar va boshqa Sochi xordalilar tipiga, ikki urugʻpallalilar va bir urugʻpallalilar Sochi i yopiq urugʻlilar boʻlimiga kiradi. Sochi tushunchasini fransuz botanigi Turnifor 17-asr oxirida taklif etgan; keyinchalik K. Linneyning "Tabiat sistemasi"da Sochi eng yuqori sistematik kategoriya sifatida asoslab berilgan. SINF, oʻquv sinfi — 1) oʻquv yili davomida yagona oʻquv dasturi boʻyicha shugʻullanuvchi oʻquvchilar jamoasi; 2) badiiy oʻquv yurtlarida oʻquvchilarning biror oʻquv predmeti boʻyicha ixtisoslashtirilgan guruhi (mas, kompozitsiya Si); 3) maktabda oʻquvchilar shugullanadigan xona.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |