Kontent qismiga oʻtish

Singapur oshxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Singapur oshxonasi (inglizcha: Singaporean cuisine, malaycha: Masakan Singapura, xitoycha: 新加坡飲食, tam. சிங்கப்பூர் உணவு) Singapurda mashhur boʻlgan kelib chiqishi har xil juda koʻp turdagi taomlarni anglatuvchi umumiy atamadir. Singapur oshxonasi turli xalqlar: malayziya, xitoy, indoneziya, hind, tay va yevropa taomlari taʼsirida vujudga kelgan. Shuningek, fillipin va yaqin sharq taomlari taʼsiri ham seziladi.

Mahalliy ovqatlarning baynalmilal ekanligi, turli uslubdagi xalqaro oshxonalarga mansub taomlarning hammabopligi, narxlarning xilma-xilligi Singapurda “taomlar jannatini” vujudga keltiradi.[1] Daslabki singapur muxojirlati yaratgan turli taomlarning moslashtirilishi bir necha milliy oshxonalar chatishib, yangi ovqatlar paydo boʻlishiga olib keldi.[2]

Singapurliklar restoranlarda emas, koʻproq Hawker Centre (fudkort, baynalmilal bufet)da ovqatlanadilar. Ushbu Hawker Centrelar keng tarqalgan boʻlib, arzon boʻladi va odatda oʻnlab doʻkonlardan tashkil topadi hamda har bir doʻkon oʻzining betakror taomini taklif qiladi.[3] Odatda Hawker Centreda bir vaqtning oʻzida bir nechta xalqlarning milliy taomlari taqdim qilinadi.[4] Hawker Centrelae hatto turar joy majmualarining hovlilarida ham joylashgan boʻlishi mumkin.

2016-yilda Hong Kong Soya Sauce Chicken Rice and Noodle va Hill Street Tai Hwa Pork Noodle Mishlen yuldizi bilan taqdirlangan dunyodagi ilk koʻcha ovqati muassasasi degan nomga sazovor boʻldi. Ilk muassasa, shuningdek, “Mishlen yulduzi bilan taqdirlangan eng arzon ovqat” degan maqomga ega boʻldi.[5]

Mashhur taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guruchli tovuq.
  • Tovuqli xaynan guruchi (xitoycha: 海南雞飯 (海南鸡饭) hǎi nán jī fàn) — tovuq va bodiring bilan suvda qaynatilgan guruch. Odatda uni toʻq soyali sous, choli sousi va imbir pastasi bilan isteʼmol qilinadi. Bu taom Singapurda milliy taom xisoblanadi. Bu taomni kelib chiqishi Xaynanga borib taqaladi.
  • Qovurilgan guruch/char png (xitoycha: 炒飯 (炒饭) chǎo fàn) — guruchni goʻsht, sabzavotlar va tuxum bilan qovuriladi.

Malay taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madaniyatlararo

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hind taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz taomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda UNESCO singapur „Hawker Centre“ madaniyatini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi, deya eʼtirof etdi.

  1. „The dish worth a 15-hour flight“. bbc.com. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  2. „The man behind fish head curry“. straitstimes.com. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  3. „Local Dishes“. visitsingapore.com. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  4. „Best international buffets in Singapore“. thebestsingapore.com. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  5. „Michelin star for Singapore noodle stall where lunch is half the price of a Big Mac“. theguardian.com. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.