Kontent qismiga oʻtish

Singenetik konlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Singenetik konlar (yun. syn birga va genetos — tugma) — bir xil geologik jarayonlarda yondosh jinslar bilan birgalikda hosil boʻladigan foydali qazilma konlari. Odatda, qatlam va qatlamsimon shaklga ega boʻlib, toʻshama va qoplama qavatlardan iborat. Singenetik konlarga choʻkindi temir va marganets konlari, segregatsion va likvatsion magmatik konlar misol boʻladi. Singenetik konlar sedimentogenez va dastlabki diagenez bosqichlarda rudali minerallarning choʻkmaga oʻtishi tufayli shakllanadi. Yondosh jinslar bilan yagona stratigrafik gorizontlarni tashkil etadi. Shu tufayli stratiformali konlar deb ham ataladi. Janubiy Qozogʻiston va Oʻrta Osiyodagi yuqori devon — quyi karbon dolomitlarida va ohakli dolomitlarda keng tarqalgan. Yirik konlari: Mirgalimsoy (Qozogʻiston), Kulchulok va Uchquloq (Oʻzbekiston). Ularda qoʻrgʻoshin va rux zaxirasi sanoat ahamiyatiga ega.