Kontent qismiga oʻtish

Sinonuddin Foqih Yusuf posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sinonuddin Foqih Yusuf posho
turkcha: Sinanüddin Fakih Yusuf Paşa
 4-Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri
Mansab davri
1349 – 1364gacha
Monarx Murod I
Oʻtmishdoshi Xoji posho
Vorisi Chandarli Qora Xalil Xayriddin posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1364
Usmoniylar imperiyasi
Dini islom, sunniylik

Sinonuddin Foqih Yusuf posho-1349-1364-yillar orasida Murod I hukmronlik davrida Usmoniylar imperiyasining buyuk vaziri lavpzimida ishlagan.Sinonuddin Foqih Yusuf posho haqida bizgacha juda oz ma'lumotlar yetib kelgan. Shuning uchun tarixchi olimlar uning saroyda rostdan ham buyuk vazir lavozimida ishlaganligiga shubha bilan qaraydi.Avvalboshda poshoning ismi Usmoniy buyuk vazirlar ro'yxatiga kiritilmagan.XX asrning boshiga kelib, o'z davrining eng ilg'or tarixchilaridan boʻlgan Ismoil Haqqi [1] va Ismoil Hami Donishmand[2] poshoning vazir boʻlganini ilmiy jihatdan isbotlab bergan. Ular ushbu da'voning isboti sifatida quyidagi sabablarni keltirdilar:

  • 1360-yilgi vaqf hujjatida, shuningdek, Orhan Gazi tomonidan "Sadi-ul Kabir, Makduddin Isoning oʻgʻli, Moslihidin Musoning oʻgʻli, Sinan Poshaning oʻgʻli", "Sinaneddin Yusuf" bilan bir xil shaxs boʻlgan va u ham o'sha vazir boʻlgan.
  • Birinchi Usmoniy tarixchilaridan biri Nesri yozma tarix kitobida olimlar va so'fiylar Orhan Gazi davrida farovon boʻlgani va Mavlono Sinan unga berilgan in'om tufayli Sinan posho deb nomlanganligi haqida aytadi.

Sinonuddin Foqih Yusuf poshoning vafotidan so'ng Chandarli Qora Xalil Xayriddin posho buyuk vazir maqomini oladi va usmoniylar vazirligi tarixida Chandarlilar davri boshlanadi.

  1. Uzunçarşılı, İsmail Hakkı (1967, 2003 8.baskı) Osmanlı Tarihi I. Cilt: Anadolu Selçukluları ve Anadolu Beylikleri Hakkında bir Mukaddime ile Osmanlı Devleti'nin Kuruluşundan İstanbul'un Fethine Kadar, Ankara:Türk Tarih Kurumu s.582 ISBN 975-16-0011-1.
  2. Danişmend, İsmail Hâmi, (1947) İzahlı Osmanlı Tarihi Kronolojisi , İstanbul:Türkiye Yayınevi C.I s.562. Osmanlı_tarihi_kronolojisi.html?id=izgBAAAAMAAJ&redir_esc=y