Kontent qismiga oʻtish

Sipunkulidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sipunkulidlar (lotincha: Sipunculida) — dengiz umurtqasiz hayvonlari tipi. Uz. I dan 50 sm gacha. Chuvalchangsimon, segmentlarga boʻlinmagan tanasining uchi (hartumcha)da paypaslagichlar bilan oʻralgan ogʻiz teshigi bor. Ogʻzidan keyinrokda (orqa tomonida) anal teshigi joylashgan. Ichagi uzun, xalqasimon oʻralgan. Ayirish organi — nefridiylar. Qon aylanish sistemasi kuchsiz rivojlangan. Nerv sistemasi halkum usti nerv tuguni ("miya") va qorin nerv ustunidan iborat. Muskullarining qisqaribboʻshashishi natijasida harakatlanadi. Ayrim jinsli. Rivojlanishi, asosan, metamorfoz orqali (tuxumidan troxofora lichinkasi chiqadi), baʼzan oʻzgarishsiz boradi. 1 sinf (sipunkulidlar) dan iborat. Dengizlarda suv tubida, koʻpincha mollyuskalarning boʻsh chigʻanoklari, chuvalchanglar va boshqa hayvonlar inlarida yashaydi. Barens va Uzoq Sharq dengizlarida koʻp uchraydi.