Kontent qismiga oʻtish

Sirchumchuqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sirchumchuqlar (Saxicola) -qorayaloqlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 10 turi bor. Tanasining uz. 12,5—20 sm, vazni 15—16 g. Yevrosiyo va Afrikada uchraydi. Oʻzbekiston choʻllarida qora boshli sirchumchuq, qora sirchumchuq uya quradi. Uyasini oʻtlar orasidagi chuqurliklarga, baʼzan yiqilgan daraxt ildizlari ostiga quradi. 4—7 tuxum qoʻyadi.

Tuxumlarini modasi 12—13 kun bosadi. Bolalarini 2 hafta uyada va 2—3 hafta uyadan tashqarida boqadi. Har xil hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, mollyuskalar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Va uning uyiga kaku degan qush tuxumlarini mimkiriya qiladi