Kontent qismiga oʻtish

Sirhindiy Ahmad Foruq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sirhindiy Ahmad Foruq (1564-1624) — naqshbandiya shayxlaridan. Hindistonda faoliyat koʻrsatgan Muhammad Boqibilloh (1563—1603) muridi. Avval oʻz faoliyatida Ibn alArabiy qarashlari (vahdati vujud nazariyasi)ning tarafdori sifatida maydonga chiqadi, keyin Alouddavla Simnoniy (1261 — 1336) qarashlari taʼsirida Ibn alArabiyning ashaddiy muxolifiga aylanib, vaxdatul shuhud nazariyasini ahli sunna mazhabiga muvofiklashtirishga harakat qiladi. Oʻning fikricha, vaxdati vujud nazariyasi shariat uchun ham, naqshbandiya uchun ham xavflidir. Vahdati vujud asosini "barcha Udir" ("hama Oʻst"), degan qarash tashkil etadi, holbuki vahdatul shuhudsa "barcha Undandir" ("hama az Oʻst") degan qarash asos boʻlib hisoblanadi, shuning uchun vaxdatul shuhud islom shariatiga muvofiq keladi. S. oʻz qarashlarini muridlariga yoʻllagan maktublarida bayon etgan. U sufiylarning vajdu holga kirish vaqtida Allohga yetishish (vasl) haqidagi fikrlarini xomxayol deb ataydi, sufiylik kamolotining bosh koʻrsatkichi bandalik (abdiyat)ni teran anglashidadir, deb hisoblaydi. S. Akbar shohning yagona "ilohiy din" yaratish borasidagi harakatlarini quvvatlamagan. Shu bois Akbar vafotidan keyingi boburiy podsholar S. qarashlarini quvvatladilar. S. "imomi rabboniy" ("iloqiy imom") va "mujaddidi alfi soniy" ("2ming yillikning yangilovchisi") unvonlariga ega. Uning maktublari muxlislari orasida keng tarqalgan.

Najmiddin Komilov.