Kontent qismiga oʻtish

Sirkul

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sirkul (lot. cirkulus — doyra, aylana) — aylana va yoylar chizish, kesmalarning uzunligini oʻlchash va oʻlchamlarni koʻchirish uchun moʻljallangan chizmachilik asbobi; parger. Uning rejalash (yoki boʻlish), chizmachilik (yoki doiraviy), proporsional turlari bor. Rejalash S.i chiziqli oʻlchamlarni oʻlchab, boshqa joyga (qogʻozga) tushirish uchun moʻljallanadi. Chizmachilik S.i diametri 300 mm gacha boʻlgan aylanalarni chizishda ishlatiladi (diametri 2—80 mm li aylanalarni chizish uchun moʻljallangan S. kronsirkul, diametri 300 mm dan katta aylanalarni chizishda ishlatiladigan S. shtangensirkul deb ataladi). Proporsional S. oʻlchab koʻchiriladigan oʻlchamlarning masshtabini oʻzgartirishga imkon beradi. U. deyarli barcha soxalarda ishlatiladi.