Kontent qismiga oʻtish

Sirlibek Bayjanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirlibek Bayjanov
Tavalludi 15-may 1912-yil (1912-05-15) (112 yosh)
Chingeldi qishlogʻi, Turkiston viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 27-yanvar 1986-yil(1986-01-27)
(73 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Sirlibek Bayjanov (1912-yil 15-may, Rossiya imperiyasi, Turkiston viloyati, Chingeldi qishlogʻi – 1986-yil 27-yanvar[1]) – temiryoʻlchi, Qozogʻiston temir yoʻli boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1959). Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati.

Sirlibek Bayjanov 1912-yil 15-mayda Turkiston viloyatining Chingeldi qishlogʻida tugʻilgan.

U 1931-yildan mashinist yordamchisi boʻlib ishlagan. 1937-yilda Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tamomlagan. Bir muddat shu institutda dars bergan.

Sirlibek Bayjanov Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan. 1946-yilda demobilizatsiyadan soʻng Turkiston stansiyasi temir yoʻl deposi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. Keyinchalik, Qozogʻiston temir yoʻlining Aris boʻlimi bosh muhandisi hamda boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Aris filiali bosh muhandisi sifatida u temir yoʻl poyezdlari ekspluatatsiyasiga ratsionalizatorlik usullarini joriy etgan. Buning natijasida mehnat unumdorligi 42 foizga oshgan. Ushbu yutuqlari uchun u Qozogʻiston SSR Oliy Kengashining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 1959-yilda Sirlibek Bayjanovga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[2]. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1959-yil 1-avgustdagi farmoni bilan Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.

Sirlibek Bayjanov 1960-yilda Qozogʻiston temir yoʻli boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Keyinchalik esa Qozogʻiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan.

Sirlibek Bayjanov 1986-yil 27-yanvarda vafot etgan.

Sirlibek Bayjanov 1959-yil 1-avgustda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[3]. 1959-yilda Lenin ordeni topshirilgan. Shuningdek, u Qizil Yulduz ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Harbiy xizmatlari uchun“ ordeni hamda „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali bilan mukofotlangan.

  • Музалевский М. В. Герои Социалистического Труда. Биобиблиографический словарь. — М.: РИЦ «Кавалер», 2009. — Т. 3. — 181 с.
  • ҚазССР. Қысқаша энциклопедия, 2-том. - Алматы, 1987.