Kontent qismiga oʻtish

Sirrush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirrush / Sirush[1] (toʻgʻrirogʻi mushkush[2][3], mushxushu) — Bobil mifologiyasining afsonaviy mavjudoti; grifon[2], ajdaho, Marduk xudosining timsoli, Tiamat tomonidan yaratilgan yirtqich hayvonlardan biri. U turli xil jonzotlarning xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan: uning ingichka boʻynida ilon boshini koʻrish mumkin, tanasi tangachalar bilan qoplangan, old panjalari sherniki, orqa oyoqlari esa yirtqich qushniki, shuningdek, chayonning dumi ham bor[1]. Sirrush Bobildagi Ishtar darvozasida tasvirlangan[2].

Sirrush nomi akkadcha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib, uni taxminan „ajoyib ilon“ deya tarjima qilish mumkin. Ismning toʻgʻri talaffuz qilinishi mûš-husšu (mushhush yoki mushhushu) boʻlsa-da, dastlabda tadqiqotchilar uni sîr-ruššu deya notoʻgʻri talqin qilishgan. Oʻshandan beri „sirrush“ ushbu jonzotning keng tarqalgan nomi boʻlib qolgan.

Ishtar darvozasini topgan nemis arxeologi Robert Koldevey sirrushlar haqiqatda mavjudligiga amin boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, fiziologik konsepsiyasining bir xilligi nuqtai nazaridan, sirrush boshqa barcha afsonaviy mavjudotlardan sezilarli darajada ustunlikka ega. Koldeveyning fikricha, aynan mana shu narsa va sirrushning haqiqiy hayvonlar (sherlar va taqalar) yonida tasvirlangani bobilliklar bu jonzot bilan tanish boʻlganlarini isbotlaydi.

Bobilliklar sirrush koʻrinishini dinozavrlarning qoldiqlariga qarab yaratganlar degan taxmin ham mavjud. Boshqa bir versiyaga koʻra, sirrush katta ehtimol bilan bobilliklarga maʼlum boʻlgan echkiemarlarga oʻxshaydi. Sirrushning koʻrinishi Mesopotamiyada yashamagan hayvon haqidagi hikoyalarga koʻra yaratilgan degan taxminlar ham bor.

Badiiy adabiyotdagi qaydlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Viktor Pelevinning "Avlod „P“ romanida bu jonzot Sirruf nomi bilan atalgan (boshida qahramon nomi Sirrux sifatida eshitilgan).
  1. 1,0 1,1 Т. П. Каптерева, Т. Х. Стародуб. Традиционное искусство Востока: терминологический словарь. Эллис Лак, 1997 — 230-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Ольга Борисовна Краснова. Энциклопедия искусства Древнего мира. ОЛМА Медиа Групп, 2002 — 67-bet. ISBN 9785948490625. 
  3. М. Э. Матье. Искусство Древнего Востока. Искусство, 1968 — 82-bet.