Kontent qismiga oʻtish

Sirtordush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirtordush, shiyeyanto, siyeyanto, seyanto — qadimgi turkiy qabila. Xitoy manbalarida tele deb nomlangan qabilalar birlashmasiga kirgan. 7-asrning oʻrtalariga qadar Markaziy Osiyodagi turkiy kabilalar orasida katta nufuzga ega boʻlgan. Qadimda sir va tordush qabilalari yonmayon yashagan. Ular oʻrtasida hukmron boʻlish uchun kurashlar natijasida sir qabilasi gʻolib chiqib tordushlarni oʻziga qoʻshib olgan. Shu tariqa S. etnonimi paydo boʻlgan. S.larningtili, urfodati, qurolyarogʻlari, qatto harbiy va maʼmuriy tuzumlari Turk xoqonliginp tashkil etishda yetakchi boʻlgan turk (tujyue) qabilasidan farq qilmagan. S.lar 7-asr boshigacha Gʻarbiy turk xoqonligi, 621 yildan Sharqiy turk xoqonligi tasarrufida boʻlgan. Mustaqillikka intilgan S.larning katta qismi ilgari yashagan joylari — Tangritogetaklarini tantab Shimoliy Oltoydagi Ibor togʻlari (xitoycha Tanxanshan) shim.idagi yerlarga koʻchib kelib Sirtordush xonligink barpo etganlar. 7-asr oʻrtalarida S. uygʻurlarga qoʻshilib ketgan.