Kontent qismiga oʻtish

Sitokimyo

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sitokimyo (sito... va kimyo) — sitologiyaning boʻlimi, hujayra tuzilmalarining kimyoviy tarkibi, hujayrada kimyoviy birikmalarning sintezlanishi, taqsimlanishi va faolligini, xujayra funksiyasiga karab ularning oʻzgarishini oʻrganadi. S. sohasidagi tadqiqotlar 19-asrning oʻrtalaridan 20-asr oʻrtalarigacha ayniqsa jadal rivojlangan. S. tadqiqotlari hujayra tarkibiy qismlarining muayyan boʻyoqlar bilan boʻyalishi va, aksincha, boshqa boʻyoqlar taʼsir qilmasligiga asoslangan. Nuklein kislotalarining irsiyatdagi ahamiyatini tushuntirib berilishi, oqsil molekulalari miqdoriy oʻzgarishlarining hujayra funksional faolligiga bogʻliqligi aniqlanishi, hujayra siklini oʻrganish S.ning eng katta yutukdaridir. Immunotsitokimyo, elektron mikroskopik sitokimyo S.ning eng istikbolli sohalari hisoblanadi. Toʻqima strukturalarini S. metodi yordamida oʻrganish gistokimyo deyiladi.