Sitora Turdibekova
Sitora Turdibekova | |
---|---|
Statistikasi | |
Vazn toifasi | -57 kg |
Boʻyi | 1.70 |
Millati | Oʻzbekiston |
Murabbiyi | Sharif Narzikulov |
Tavalludi |
20-may 2002-yil Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati Oʻzbekiston |
Sitora Shavkat qizi Turdibekova (20-may, 2002-yil; Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik bokschi. Xalqaro toifadagi sport ustasi[1][2][3]. Shuhrat medali sohibasi[2]. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi (-57 kg vazn toifasida).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sitora Turdibekova 2019-yildan beri Sharif Narzikulov murabbiyligida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda[2].
Sitoraning birinchi debyut jangi 2021-yil 25-mayda boʻlib oʻtgan. Ushbu jang Dubayda boʻlib oʻtdi va uning raqibi Keshani Kasthuriarachchi edi. Va, albatta, bu debyut jangida u gʻalaba qozondi[1].
2021-yilda kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan. 2022-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan[2].
2023-yilda Turdibekova Bangkokda boʻlib oʻtgan chempionatda kumush medalini qoʻlga kiritgan.
Sitora Turdibekova 2022-yilda Xanchjouda boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.
2024-yilning 7-mart kuni 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun 32 dan 57 kg gacha vazn toifasida birinchi saralash musobaqasi Busto Arsizio shahrida (Italiya) boʻlib oʻtdi. Ushbu jangda uning raqibi Vilma Viitanen boʻlgan va Sitora Turdibekova uni osonlikcha magʻlub etgan. Keyingi jangda uning raqibi Lucia Sedlackova boʻlgan, Turdibekova uni ham magʻlub qilib chorak finalga oʻtgan.
Chorak final 2024-yil 10-martda boʻlib oʻtgan va Julia Szeremetaga qarshi jangda magʻlub boʻlgan, shunga qaramay, mazkur chempionatda qayd etgan natijasi unga 2024-yilgi olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkonini bergan[1][2].
Sitora Turdibekovaning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida birinchi jangi 2024-yilning 30-iyul kuni boʻlib oʻtgan. Uning raqibi Kongo Demokratik Respublikasidan Marcelat Sakobi edi. Ushbu jangda Sitora Turdibekova 3:2 hisobida gʻalaba qozongan va shu bilan 1/16 bosqichga oʻtgan[1]. Turdibekova 1/16 bosqichda tayvanlik Lin Yu-tingga qarshi ringga chiqib, imkoniyatni boy bergan[4].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shuhrat“ medali (2021-yil)[5].
- Jasorat medali (2024-yil 25-avgust)[6].
- Toʻmaris koʻkrak nishoni (2024-yil)[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Sitora Turdibekova“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Parij - 2024 Olimpiadasi litsenziatlari“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
- ↑ „ТУРДИБЕКОВА СИТОРА“. Qaraldi: 2024-yil 24-iyul.
- ↑ „Ситора Турдибекова проиграла боксерский бой с трансгендерной женщиной и выбыла с Олимпиады“. podrobno.uz (2024-yil 2-avgust). Qaraldi: 2-avgust 2024-yil.
- ↑ „Prezident Alisher Sa’dullayevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotladi“. qalampir.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- ↑ „Diyora Keldiyorova muddatidan oldin katta leytenant bo‘ldi, Ulug‘bek Rashitov va Svetlana Osipovaga ham ilk ofitserlik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 30-avgust 2024-yil.
- 20-mayda tugʻilganlar
- 2002-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Samarqand viloyatida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston bokschilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari
- Bokschilar haqidagi chala maqolalar