Sivush moyi
Qiyofa
Sivush moyi — xom etil spirtni rektifikatsiya qilish jarayonida ajralib chiqadigan moysimon suyuklik. Bu usulda spirtdan 0,4—0,6% Sm. ajratib olinadi. Zichligi 830–840 kg/m³ (20°da), rangi ochsarikdan qoʻngʻirqizilgacha, hidi qoʻlansa, nafas yoʻli shilliq pardalariga taʼsir etadi. Kimyoviy tarkibi, asosan, amil va izoamil (68—80%), izobutil (16—25%), normal propil, shuningdek, oz miqdorda geksil spirt, erkin yogʻ kislotalari, efirlar, furfurol, terpenlar va terpengidratlar aralashmasidan iborat.
Sivush moyining koʻp qismi sutdagi yogʻ miqdorini aniqlashda avval qoʻllangan amil spirti oʻrnida reaktiv sifatida ishlatiladi. Amil atsetat i.ch.da amil, izoamil, izobutil va boshqa spirtlar olishda qoʻllanadi. Sm. zaharli.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |