Kontent qismiga oʻtish

Sixote-alin meteoriti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sixote-alin meteoriti — SixoteAlin togʻining gʻarbiy tarmoqlari ustiga 1947-yil 12 fevralda tushgan meteorit. Ogʻirligi 70 t; asosan, temirdan iborat. Kimyoviy tarkibi (massaga nisbatan % hisobida): temir (Gʻe) 93,29, nikel (Ni) — 5,94, kobalt (So) — 0,38, mis (Si) — 0,03; fosfor (R) — 0,56, oltingugurt (S) — 0,28 va boshqa Tushgan paytida Xabarovsk va Primorye oʻlkalarida juda yorugʻ bolid holida koʻringan. Bolidning harakat yoʻnalishida quyuqchangli iz qolgan. Yer sathidan taxminan 6 km balandlikda bolid portlab, mayda (1 mm dan 1 m gacha) boʻlaklarga parchalanib ketgan va 3 km² maydonga meteorit yomgʻiri sifatida tushgan. Bu yerda umumiy ogʻirligi taxminan 27 t boʻlgan 350 ta har xil meteorit boʻlaklari topilgan (1970).