Siydik pufagi saratoni
Siydik pufagi saratoni – bu oʻsimta deb nomlanuvchi gʻayritabiiy toʻqimalarning oʻsishi hisoblanib, u siydik pufagi shilliq qavatida rivojlanadi. Baʼzi hollarda oʻsimta siydik pufagi mushaklariga tarqaladi.
Siydik pufagi saratonining eng keng tarqalgan alomati siydikda qon boʻlishi, odatda jarayon ogʻriqsiz kechadi.
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siydik pufagi saratoni tarqalish darajasiga qarab tasniflanishi mumkin va bu tashxis qoʻyilgandan soʻnggina amalga oshiriladi.
Agar saraton hujayralari siydik pufagining shilliq qavatida joylashgan boʻlsa: mushak invaziv boʻlmagan siydik pufagi saratoni (erta siydik pufagi saratoni) deb taʼriflanadi. Bu siydik pufagi saratonining eng keng tarqalgan turi.
Saraton hujayralari qovuqning shilliq qavatidan tashqariga, atrofdagi qovuq mushaklariga tarqalsa, bu mushak invaziv siydik pufagi saratoni (yoki invaziv siydik pufagi saratoni) deb ataladi. Bu kamroq tarqalgan, ammo tananing boshqa qismlariga tarqalish ehtimoli yuqori.
Quvuq saratoni tananing boshqa qismlariga tarqalgan boʻlsa, u rivojlangan yoki metastatik siydik pufagi saratoni deb nomlanadi.
Siydik pufagi saratonini davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mushaklarga invaziv boʻlmagan siydik pufagi saratoni holatlarida, odatda, siydik pufagining qolgan qismini buzilmasdan qoldirib, saraton hujayralarini olib tashlash mumkin.
Bu siydik pufagi oʻsimtasining transuretral rezektsiyasi (TURR) deb ataladigan jarrohlik usuli yordamida amalga oshiriladi. Shundan soʻng saratonning qaytish xavfini kamaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri siydik pufagiga kimyoterapiya dori-darmonlari yuboriladi.
Qaytalanish xavfi yuqori boʻlgan hollarda, saratonning qaytish xavfini kamaytirish uchun Bacillus Calmette-Guérin (BCG) deb nomlanuvchi dori siydik pufagiga kiritilishi mumkin.
Yuqori xavfli mushak invaziv boʻlmagan siydik pufagi saratoni yoki mushak invaziv siydik pufagi saratonini davolash sistektomiya deb nomlanuvchi operatsiyada siydik pufagini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlashni oʻz ichiga olishi mumkin.
Koʻpgina bemorlar jarrohlik yoki radioterapiya kursini tanlashlari mumkin .
siydik pufagi olib tashlanganida, siydikni yigʻishning boshqa usuli kerak boʻladi. Mumkin boʻlgan variantlar orasida siydikni tashqi sumkaga oʻtkazish uchun qorin boʻshligʻida teshik ochish yoki ichakning bir qismidan yangi siydik pufagini qurish kiradi. Bu sistektomiya bilan bir vaqtda amalga oshiriladi[1].
Oldini olish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siydik pufagi saratonining oldini olishning kafolatlangan usuli boʻlmasa-da, xavfni kamaytirishga yordam beradigan choralar koʻrish mumkin. Masalan:
- Chekishdan voz kechish.
- Kimyoviy moddalar bilan kontaktni cheklash.
- Turli xil meva va sabzavotlarga boy sogʻlom ovqatlanishni tanlash[2].
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bladder cancer“ (01-iyul 2021-yil). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „Bladder cancer“ (2022 yil 19 aprel). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.