Siyosatxon Abdullayeva
Siyosatxon Abdullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1940-yil, 5-noyabr |
Vafoti | 2018-yil, 27-iyul (78 yoshida) |
Fuqaroligi | SSSR, O'zbekiston SSR, O'zbekiston Respublikasi |
Taʼlimi | Andijon paxtachilik instituti |
Kasbi | Dehqon, fermer |
Faoliyat yillari | 1959-2006 |
Millati | o'zbek |
Mukofotlari |
Siyosatxon Abdullayeva (1940-yilning 5-noyabr sanasida, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida tavallud topgan.) — nomdor oʻzbek fermeri hamda dehqoni. Qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi va sohaning yetakchi arboblaridan biri. Sobiq Oʻzbekiston SSRda faoliyat yuritgan Andijon Paxtachilik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1959-yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi ishchisi sifatida boshlagan. 1972—1978-yillarda Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi bolalar bogʻchasi tarbiyachisi, 1978—2006-yillarda esa Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi pudratchisi sifatida mehnat faoliyatini olib boradi. 2006-yildan to vafot kuniga qadar Oltinkoʻl tumanidagi "Oltinkoʻl vodiy gulshani" fermer xoʻjaligiga rahbarlik qilib kelgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyosat Abdullayeva — 1940-yil 5-noyabrda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida dunyoga keladi. Ilk taʼlim maʼlumotini olgandan soʻng, Andijon Paxtachilik institutiga oʻqishga kiradi va u yerni 1959-yilda muvaffaqiyatli tamomlaydi. Oʻz mehnat faoliyatini 1959-yilda tugʻilib oʻsgan tumanidagi „Namuna“ nomli qishloq xoʻjaligi shirkatida oddiy ishchi lavozimida boshlagan.
1972—1978-yillar oraligʻida Oltinkoʻl tumanidagi „Namuna“ shirkatiga qarashli bolalar bogʻchasi (maktabgacha taʼlim muassasi)da tarbiyachi lavozimida faoliyat yuritadi. Ikki yillik faoliyatdan soʻng (1976—1978), 1978—2006-yillar oraligʻidagi vaqt davomida mazkur tumanidagi „Namuna“ shirkat xoʻjaligi pudratchi (boshligʻi, direktor)si sifatida faoliyat olib boradi[2].
Yigirma sakkiz yillik muvaffaqiyatli karyeradan soʻng, 2006-yildan boshlab, vafot sanasiga qadar Oltinkoʻl tumanidagi "Oltinkoʻl vodiy gulshani" fermer xoʻjaligida rahbar sifatida mehnat qilgan. Tadbirkor, murabbiy, dehqon hamda fermer — Siyosatxon Abdullayeva Oʻzbekiston qahramoni hamda Doʻstlik odeni mukofotlariga loyiq koʻriladi[3].
1995-yilda Do'stlik ordeni[4] bilan, 2008-yilda esa O'zbekiston qahramoni unvoni bilan, prezident Islom Karimov tomonidan taqdirlanadi. S.Abdullayeva Andijon paxtachilik akademiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. U 2018-yilning 27-iyul sanasida, 78-yoshda Andijon viloyati, Oltinko'l tumanida vafot etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xalq so'zi gazetasi „Oʻzbekiston Qahramoni Siyosatxon Abdullayeva vafot etdi“. XS.uz. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing“. Gujum.uz. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Toshkent, 27-iyul, Sputnik „Siyosatxon Abdullayeva paxtachilikda oʻziga xos “Andijon maktabi”ni yaratgan mirishkor dehqonlardan biri edi.“. Sputniknews-uz.com. Qaraldi: 18-iyun 2022-yil.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1995-yil 31-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).