Skabioza
Qiyofa
Skabioza (Scabiosa) — toʻngʻiztaroqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bir yoki koʻp yillik oʻt, baʼzan buta. Bargi qaramaqarshi. Gullari mayda, kallaksimon toʻpgulda toʻplangan. Mevasi — pistacha. Asosan, Oʻrta dengiz mamlakatlarida 100 tacha turi oʻsadi. Ayrim turlari Sharqiy Osiyo va Afrikaning janubida uchraydi. 7 turi Oʻzbekistonning koʻpincha qumli va soz tuproqli adir va togʻ etaklarida oʻsadi. Ayrimlari (mas, koʻp yillik Kavkaz S.si bir yillik S.) manzarali oʻsimlik.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |