Skafandr va kapalak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skafandr va kapalak
Muallif(lar) Jean-Dominique Bauby
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til fransuzcha
Janr(lar)i Avtobiografiya, Memuar
Nashriyot Éditions Robert Laffont
ISBN 978-0-375-40115-2

Skafandr va kapalak (asl fransuzcha nomi: Le Scaphandre et le Papillon) – jurnalist Jean-Dominique Baubyning xotira kitobi. Bu kitobda uning insultdan oldingi va undan keyingi hayoti tasvirlangan.

Kitobning fransuzcha nashri 1997-yil 7-martda nashr etilgan. U nashr qilingan birinchi kunida 25 000 nusxada sotildi va bir hafta ichida jami sotuvlar 150 000 ga yetdi. Kitob butun Yevropa boʻylab birinchi raqamli bestsellerga aylandi. Uning umumiy savdosi hozirda milliondan oshdi.

Syujet xulosasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yil 8-dekabrda Elle jurnalining bosh muharriri Bauby insultni boshdan kechirdi va komaga tushdi. U 20 kundan soʻng uygʻondi. Ruhan oʻz atrofidagi narsalardan xabardor boʻlsada, jismonan falaj edi. Bu holat „qulflangan sindrom“ deb atalardi. Bauby butun kitobni chap koʻz qovogʻini pirpiratib yozdi. Yordamchi harflarni koʻrsatib turgan hamda Baubyning ishorasi orqali soʻzlarni qogʻozga koʻchirdi. Bu uchun ular ikki oy davomida kuniga 3 soat, haftada 7 kun vaqt sarfladi[1]. 1997-yil 9-martda, kitob nashr etilganidan ikki kun oʻtgach, Bauby pnevmoniya tufaylidan vafot etdi[2][3].

Boblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muqaddima
  • Oʻrindiq
  • Ibodat
  • Choʻmilish
  • Alifbo
  • Imperator ayol
  • Chinechitta
  • Sayyohlar
  • Kolbasa
  • Qoʻriqchi farishta
  • Surat
  • Yana bir oʻxshashlik
  • Tush
  • Qadr ostidagi ovoz
  • Omadli kun
  • Ilon izi[4]
  • Parda
  • Parij
  • Sabzavot
  • Sayr
  • Yigirma bir
  • Oʻrdak ovi
  • Yakshanba
  • Hong Konglik malikalar
  • Xat
  • Greven muzeyida
  • Maqtanchoq[4]
  • Hayotdagi bir kun
  • Yangi mavsum

Moslashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Jean-Jacques Beineix Baubyning falaj holatida kitob yaratish jarayoni haqida 27 daqiqalik „Assigné à résidence“ hujjatli filmini suratga oldi[5].

Rejissyor Julian Schnabelning ushbu kitob asosida suratga olgan badiiy filmi 2007-yilda chiqarilib, unda Mathieu Amalric Bauby rolini oʻynadi. Film bir qancha xalqaro mukofotlarga nomzod boʻlgan va oʻsha yili Kann kinofestivalida eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida gʻolib boʻldi[6][7][8][9].

2019-yilda Dallas Opera kompaniyasi Jean-Dominique Baubyning ushbu asari asosidagi „The Diving Bell and the Butterfly“ operasi uchun Milliy sanʼat jamgʻarmasi grantiga sazovor boʻldi[10][11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Elizabeth Day interviews ghost-writer Claude Mendibil“ (en). the Guardian (2008-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  2. Thomas, Rebecca. Diving Bell movieʼs fly-away success, BBC, February 8, 2008. Accessed June 5, 2008.
  3. Mallon, Thomas (June 15, 1997) „In the Blink of an Eye – The Diving Bell and the Butterfly,“ The New York Times. Retrieved April 8, 2008.
  4. 4,0 4,1 Bauby, J. (1998). The Diving Bell and the Butterfly (First Vintage International ed.). New York: Random House, Inc.
  5. „film-documentaire.fr - Portail du film documentaire“. www.film-documentaire.fr.
  6. „Cannes Winners: Stark Abortion Drama Tops“. www.altfg.com.
  7. Academy Awards Database (Wayback Machine saytida 2008-09-21 sanasida arxivlangan)
  8. „Film Awards“. www.bafta.org (2014-yil 31-iyul).
  9. HFPA Awards Database
  10. „Fourteen North Texas Arts Groups Earn $400,000 In Grants From The NEA“. www.artandseek.org (2019-yil 14-fevral).
  11. „Fiscal Year 2019, First Round, Artistic Discipline/Field List“. www.arts.gov.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]