Skeytbording

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skeytbording

Brooklyn, New Yorkdagi Barclays Center oldida skeytbordchi (2019)
Xarakteristikalari
Aralash jins Turli jins vakillari uchun alohida
Olimpik oʻyin 2020
Mintaqa Dunyo boʻylab

SkeytbordingAmerika Qoʻshma Shtatlarida paydo boʻlgan harakat sport turi boʻlib, u skeytbordda minish va tryuklarni bajarish, shuningdek, koʻngilochar mashgʻulot va transport turini oʻz ichiga oladi[1][2]. Bu sport turi yillar davomida koʻplab skeytbordchilar tomonidan shakllantirilgan va hissa qoʻshib kelinmoqda. 2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra skeytbording bozorining yillik daromadi taxminan 4,8 milliard dollarni tashkil etishi va dunyoda 11,08 million faol skeytbordchilar borligi aniqlangan[3]. 2016-yilda ilk bor Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga kiritilishi va turli jins vakillari uchun alohida musobaqalar oʻtkazilishi eʼlon qilindi[4].

1970-yillardan boshlab skeytparklar skeytbordning turli xil yoʻnalishi bilan shugʻullanadiganlar uchun va yaqindan boshlab skuter uchadiganlar uchun ham qurilgan va quilib boryabdi[5]. Biroq, skeytbording sport turi bilan baʼzi noqonuniy joylarda, masalan, yoʻl chetlari, zinapoyalar, oʻrindiqlar va bogʻlarda shugʻullanish orqali ularga zarar yetkazilayotgani hali ham munozarali bahs boʻlib qolmoqda[1][6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-1960-yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi skeytbordlar yogʻoch qutilar yoki taxtalardan yasala boshlangan, pastki qismga skeyt gʻildiraklari oʻrnatilgan. Skeytbordlardan oldin skuterlar taxtaning old qismiga biriktirilgan yogʻoch sandiqlar va oddiy tutqichlarni biriktirish orqali hosil qilingan[7][5][8]. Oddiy qutilardan yasala boshlagan skeytbord taxtasi bugungi kunda skeytbord palubasiga oʻxshash taxtalarga oʻzgartirildi[1].

Skeytbording, bugungi kunda mavjud boʻlganidek, 1940-yillarning oxiri yoki 1950-yillarning boshlarida[9], Kaliforniyadagi syorfingchilar toʻlqinlar tekis boʻlganda nimadir qilishni xohlagan paytda oʻylab topilgan. Bu yoʻlakdagi syorfing deb nomlandi va syorfingning yangi boʻlimi sifatida juda ham ommalashdi. Birinchi skeytbordni kim yasaganini hech kim bilmaydi; bir vaqtning oʻzida bir nechta odamlar skeytbord yasashning turli xil gʻoyalari bilan chiqqan. Birinchi ishlab chiqarilgan skeytbordlar Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) syorfing doʻkoni tomonidan buyurtma qilingan boʻlib, ular syorfingchilar syorfing bilan shugʻullanishdan ortgan vaqtlarida uchishlari uchun moʻljallangan. Doʻkon egasi, Bill Richard, Chikagodagi Roller Skate Company bilan skeyt gʻildiraklari toʻplamlarini ishlab chiqarish boʻyicha shartnoma tuzdi[10] va ular kvadrat yogʻoch taxtalarga biriktirildi. Shunga koʻra, skeytbording dastlab yoʻlak boʻylab syorfing deb atalgan va dastlabki skeytbord uchuvchilari syorfingdagi uslub va harakatlarga taqlid qilganlar va yalangoyoq uchishgan[7][1][11].

1960-yillarga kelib, Janubiy Kaliforniyadagi Jek, Kips, Hobie, Bing va Makaha kabi kam sonli syorfing ishlab chiqaruvchilari kichik syorf taxtalariga oʻxshash skeytbordlar qurishni va oʻz mahsulotlarini targʻib qilishni boshladilar. Skeytbord boʻyicha eng qadimgi koʻrgazmalardan biri 1963-yilda Makaha asoschisi Larry Stevenson tomonidan homiylik qilingan va Kaliforniyaning Hermosa Beach shahridagi Pier Avenue Junior High Schoolda oʻtkazilgan[12][13][5]. Xuddi shu skeytbordchilar jamoalarining baʼzilari 1964-yilda Sten Richards tomonidan mezbonlik qilgan Surfʼs Up nomli telekoʻrsatuvda ham namoyish etildi, bu skeytbordingni yangi va qiziqarli mashgʻulot sifatida targʻib qilishga yordam berdi[14].

Skeytbordning mashhurligi kengayib borar ekan, birinchi skeytbord jurnali The Quarterly Skateboarder 1964-yilda nashr etilgan. Jurnalni nashr etgan John Severson oʻzining birinchi tahririyatida shunday yozgan:

Bugungi skeytbordchilar ushbu sport turining asoschilari - ular kashshoflar - ular birinchi. Skeytbordingda tarix yoʻq - uni hozir siz yaratasiz. Sport shakllanmoqda va biz hozir toʻgʻri ish qilish sportning yorqin kelajagiga olib kelishiga ishonamiz. Allaqachon, ufqda boʻronli bulutlar mavjud boʻlib, sportning muxoliflari taqiq va cheklovlar haqida gapirishmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Borden, Iain. Skateboarding and the City: A Complete History. Bloomsbury, London, England: Bloomsbury Publishing, 2019. DOI:10.5040/9781474208420. ISBN 9781474208420. OCLC 1083120279. 
  2. Ocean Howell. „Extreme Market Research“. Topic Magazine. Topic Magazine (2003). 2012-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust.
  3. Montgomery, Tiffany „The state of the skateboarding industry“ (2009-yil 12-may). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  4. „Skateboarding Is Officially an Olympic Sport. What Now?“ (2016-yil 6-avgust). 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Brief History of Skateboarding“. https://www.liveabout.com.
  6. „Skateboarding“. Pennsylvania Avenue National Historic Site Management Plan: Visitor Information, Education and Enjoyment 24–25. Washington, D.C.: National Mall and Memorial Parks: National Park Service: United States Department of the Interior (2014-yil aprel). — „Skateboarding damages stonework, walls, steps, and sculpture in some areas and presents a persistent law enforcement and management challenge. Damaged areas include stone facing on memorials, benches, and other surfaces. Moreover, popular websites advertise the attractiveness of these areas for skateboarding, which indicates the large scope of this challenge. .... Actions: .... In park areas replace and maintain “No Skateboarding” signs that have been vandalized.“. 2017-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  7. 7,0 7,1 Marcus, Ben; Grggi, Lucia. The Skateboard: The Good, the Rad, and the Gnarly: An Illustrated History. MVP Book, 2011. ISBN 9780760338056. 
  8. Brooke, Michael. The Concrete Wave: The History of Skateboarding. Warwick Publishing Inc, 1999. ISBN 1894020545. 
  9. „THE PREHISTORIC SKATEBOARD?“ (en). Jenkem Magazine (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
  10. Clayman, Andrew „Chicago Roller Skate Co., est. 1905“ (2021-yil 28-noyabr).
  11. Weyland 2002, s. 21.
  12. Rompella, Natalie. Famous Firsts: The Trendsetters, Groundbreakers & Risk-Takers Who Got America Moving!. Lobster Press, 2007. ISBN 9781897073551. 
  13. gbemi. „Brian Logan Interview“. Thane Magazine (2012-yil 29-avgust). 2012-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-oktyabr.
  14. Smith, Jack. The Skateboarder's Journal – Lives on Board. The Morro Skateboard Group, 2009. ISBN 9780557100859. 
  15. Lannes, Xavier „Five writers that changed the way we read skateboarding magazines“ (2011). 2012-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr.