Kontent qismiga oʻtish

Skiatron

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Skiatron [yun. skia — koʻlanka va (elek)tron] — qora tasvirli elektron nurli trubka. Ekranda oq fondagi kora chiziklardan iborat tasvir paydo boʻladi. Ishi baʼzi kristallar (mas, sodalit)ni elektronlar bilan bombardimon qilinganda ularning oʻz rangini oʻzgartirishi (krraytirishi)gaasoslangan. S. maʼlumotlarni uzoq vaqt saqlashga va qayd qilingan tasvirlarni kunduzgi ravshan yorugʻlikda ham oddiy koʻz bilan kuzatishga, tasvirni katta ekranga proyeksiyalab tushirishga imkon beradi. S maʼlumotlarni radiolokatsion va televizion qurilmalarda aks ettirishda qoʻllanadi. Mas, Oy sirti tasvirini katta ekranda kuzatishda Sdan foydalanish mumkin.