Kontent qismiga oʻtish

Skikda

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Skikda — Jazoirning shim.sharqiy qismidagi shahar. Skikda viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 130 ming kishidan ziyod. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Neft kimyosi, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat (zaytun moyi, meva va baliq konvervalari i.ch.) sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi bor. Plastmassa ishlab chiqariladi. S.ga quvurlar orqali keltirilgan neft va gaz eksport qilinadi. SKIL (yun. Skyles) — skiflar podshosi (mil.av. 5-asr). Gerodotning yozishicha, S. skiflar podshosi Ariapeyt (Ariapif) va Istropol sh. dan boʻlgan yunon qizining farzandi boʻlgan. Onasi S.ga yunon tili va yozuvidan taʼlim bergan. S. Olviya shahrida katta uy soldirgan, unda barcha narsalarda ellinlarga taklid qilib, ellincha yashagan va ellinlar udumi boʻyicha maʼbudlarga qurbonlik qilgan. Bundan xabar topgan skiflar S.ga qarshi isyon koʻtargan. U Frakiya podshosi Sitalk huzuriga qochib borgan. Skiflar va frakiyaliklar oʻrtasidagi urush davrida S. birodari Oktamasadga topshirilgan va qatl etilgan.