Kontent qismiga oʻtish

Sklerenxima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sklerenxima (yun. scleros — qattiq, mustahkam va echyma — toʻldirilgan, quyilgan; bu yerda — toʻqima) — oʻsimliklarning mexanik toʻqimasi. Qalin qobikli yogʻochlangan 2 tipdagi hujayralar: tolalar va sklereidlardan tuzilgan. Tolalar juda choʻziq, uz. bir necha oʻn mm dan 1 sm (qichitqioʻt), hatto 4 sm (rami)gacha boʻladi. S.ning yogʻochlanmay sellyulozaligicha qolgan tolasi toʻqimachilik sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. S. tolasi mustahkam va juda tarang. S. mustahkamlik jixatdan poʻlatdan, qayishqoqlik jihatdan kauchukdan qolishmaydi. Deyarli hamma quruqlik oʻsimliklarining, asosan, yogʻochi va lubida boʻladi.