Skleroz
Skleroz (yun. sklerosis — qotish, qattiqlashish) — aʼzolar, tomirlar devori va toʻqimalarning spetsifik funksional elementlari (bez hujayralari, muskul tolalari va boshqalar) oʻlib, oʻrnini biriktiruvchi toʻqima egallashi natijasida ularning qattiqlashishi. Sklerotik oʻzgarishlarning rivojlanishi shikastlangan aʼzo funksiyasining pasayishiga olib keladi. Yurak muskullari Si (kardioskleroz) yurakning qisqarishini kamaytiradi. Oʻpka toʻqimalari Si (pnevmoskleroz) qonning kislorod bilan toʻyinishi kamayishiga sabab boʻladi. Arteriya tomirlari Si (ateroskleroz) tomirlarda qonning harakat qilishini, shuningdek, kislorod va oziq moddalarning aʼzo va toʻqimalarga yetkazilishini qiyinlashtiradi.
Koʻp hollarda turli yalligʻlanish jarayonlari bilan kechadigan kasalliklar (sil, zaxm, surunkali yalligʻlanish jarayoni va boshqalar), shuningdek, turli xil sabablarga koʻra, moddalar almashinuvining buzilishi (toʻqimalarda uzoq vaqt kislorod yetishmasligi, endokrin aʼzolar funksiyasining buzilishi va boshqalar). S.ga sabab boʻladi. S. odam organizmining barcha toʻqima va aʼzolarida paydo boʻlishi mumkin. S.ning oldini olish uchun unga sabab boʻlgan kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va davolash kerak.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |