Pavel Skopin
Pavel Alekseyevich Skopin | |
---|---|
Tavalludi |
1902-yil 22-fevral Vyatka viloyati Savichi qishlog'i (hozirgi Kirov viloyati Orichevskiy tumani) |
Vafoti |
1967-yil 9-sentyabr SSSR Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | Sovet Ittifoqi Qahramon unvoni |
Pavel Alekseyevich Skopin (1902-yil 22-fevral, Kirov viloyati Orichi tumani, Savichi qishlogʻi — 1967-yil 9-sentyabr, SSSR O'zbekiston SSR Fargʻona viloyati) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1938-yildagi Xalxingol jangida ishtirok etgan. 6-tank brigadasi tank batalyoni komissari. Tanklar hujumi vaqtida dushmanning mudofaa binolarini yakson qilib, oʻzi ham jangda ogʻir yarador boʻlgan. Jangda koʻrsatgan qahramonligi va jasorati uchun 1939-yil 17-noyabrda Sovet Ittifoqi Qahramon unvoni bilan taqdirlangan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pavel Skopin 1902-yilning 22-fevralida Vyatka viloyatining Savichi qishlogʻida (hozirgi Kirov viloyati Orichevskiy tumani Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi) ishchi oilasida tavallud topgan. Millati rus. 1927-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi. Ota-onasidan erta yetim qolgan Pavel Skopin Bobinskiy nomidagi bolalar uyida tarbiya topadi va Bobino qishlogʻidagi cherkov maktabida taʼlim oladi.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Skopin mehnat faoliyatini 1914-yilda boshlagan boʻlib, Vyatka shahrida sudya xabarchisi boʻlib xizmat qiladi. 1915-yil aprel oyidan xususiy ustaxonada chilangar usta shogirdi, 1917-yil apreldan Skopino qishlogʻida choʻpon, soʻngra 1917-yil Vyatka shahrida taʼmirchi va slesar, shuningdek, Vyatka temir yoʻl stantsiyasi xodimi sifatida ham faoliyat olib borgan.
Harbiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pavel Slopin 1922-yil avgust oyidan boshlab Qizil Armiya safida xizmat qila boshlaydi. 1925-yilda Ryazan piyodalar maktabini tamomlab, Moskva harbiy okrugi 18-piyoda diviziyasining 53-piyoda polkida vzvod komandiri, 1928-yil aprel oyidan esa Moskva Proletar diviziyasining vzvod komandiri boʻlib xizmat qiladi. Keyinchalik Skopin rotaning siyosiy xodimi, 6-oʻquv polkining razvedka batalyoni partiya byurosining mas’ul kotibi boʻlgan. 1933-yil iyun oyidan alohida tartibga solish rotasi va alohida kimyo rotasi komissari, 1935-yil dekabrdan 6-mexanizatsiyalashgan brigadaning miltiq va pulemyot batalyonining komissari sifatida faoliyat yuritgan. Skopin, shuningdek, 1938-yilda Trans-Baykal harbiy okrugining siyosiy ishchilari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaydi va 6-tank brigadasining tank batalyoniga komissar etib tayinlanadi. 1939-yil 18-iyuldan 29-avgustgacha Xalxingol daryosida yapon militaristlari bilan boʻlgan janglarda ishtirok etib, qahramonlik koʻrsatgan.
Polkovnik Skopin 1950-yildan isteʼfoga chiqadi va xizmatdan keyin Fargʻona viloyatida istiqomat qiladi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pavel Alekseyevich Skopin 1967-yilning 9-sentyabrida Fargʻona viloyatida vafot etgan.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramoni nomi Kirov shahridagi Pionerlar saroyi bogʻida — Sovet Ittifoqi Qahramonlari sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik lavhasida abadiylashtirilgan.
- Moskvadagi G‘alaba bog‘idagi Ikkinchi jahon urushi markaziy muzeyi shon-shuhrat zalida Qahramon nomi zarhal harflar bilan o‘yib yozilgan.
- Fargʻona viloyatidagi koʻchalardan biriga Pavel Skopinning nomi berilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Скопин Павел Алексеевич 1902г.р.“.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |