Kontent qismiga oʻtish

Skorodit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Skorodit (yun. skorodon — sarimsoq; zarb bilan urilganda sarimsoq xidi chiqadi nomi shundan) — arsenatlar sinfiga mansub meneral, tarkibi Gʻe {AsO4}2H2O. Tarkibida 7,1% gacha A12O3 boʻlgan xillari — alyumoskorodit, 16% gacha R,O5 boʻlgan xillari fosfoskorodit deb nomlanadi. Rombik singoniyada kristallanadi. Rangi och yashildan qoʻngʻir tusgacha. Qattikligi 3,5—4,0. Zichligi 3,1—3,3 g/sm³. Kristallari dipiramida, tabletka, prizma shakllarida; odatda zich, tuproqsimon agregatlar; poʻstloq, sferolitlar mayda kristalli druzalar holida uchraydi. Odatda, koʻpincha oltinni oʻzida yigʻuvchi mineral — arsenopiritning oksidlanishi natijasida hosil boʻladi. S. oltin konining darakchisi sifatida maʼlum. Oʻzbekistonning koʻp hududlarida uchrashiga karamay, faqat Burchmullada mufassal oʻrganilgan. Xorijda Germaniya (Saksoniya), AQSH, Braziliya, Baykalorti va Uralda S. konlari mavjud. Tojikistonning Takeli, Mosrif konlarida uchraydi.