Skrabalay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skrabalay — yogʻoch tovush elementlaridan tashkil topgan Litva musiqa asbobi. Bir nechta vertikal qatorlarda joylashgan bir yoki ikkita tilchali, har xil oʻlchamdagi trapetsiyasimon yogʻoch (eman yoki shumtol) „qutichalar“ ni taskil qiladi. Tilcha yogʻoch yoki metalldan yasalgan boʻlishi mumkin va chalganda, „quticha“ devorlariga uriladi. Cholgʻu asbobi ikkita yogʻoch tayoqcha bilan chalinadi. Ovoz balandligi „qutichaning“ oʻlchamiga bogʻliq boʻlib, ularning eng kichigining uzunligi 7-12 santimetr, kengligi 5-7 santimetr va balandligi 6-7 santimetrga teng. „Quticha“ ning devorlari qalinligi 2-3 santimetrga teng.

Qadim zamonlardan beri bu asbobning analoglari, sigirlarning boʻyniga xuddi shunday yogʻoch „qoʻngʻiroqlarni“ osib qoʻygan, choʻponlar tomonidan suruvdan adashgan hayvonni qidirishni osonlashtirish uchun ishlatilgan. Shuningdek, skrabalay milliy raqslarda — masalan, Jemaytiya mintaqasida ishlatilganligi haqida dalillar[1] mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]