Kontent qismiga oʻtish

Slyudalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Slyudalar — jins hosil qiluvchi minerallar (alyumosilikatlar) guruhi; qatqatsimon silikatlar kichik sinfiga mansub, murakkab va bekaror tarkibli: R,, R23 [AlSi3OJ (OH,F)2, bunda R,=K, Na; R2, = Al, Mg, Fe, Li. Bu guruh keng tarqalgan intruziv, metamorfik va choʻkindi togʻ jinslarining jins hosil qiluvchi minerallaridan boʻlib, muhim foydali qazilma hisoblanadi. Yer poʻstidagi umumiy miqdori 3,8%ga yetadi. S. monoklin (soxta trigonal) singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli otqindi va metamorflashgan togʻ jinslari orasida, yirik kristallari pegmatitlarda, baʼzan yuqori va oʻrtacha trlarda yuzaga kelgan volfram, molibden va boshqa foydali qazilmalarning gidrotermal konlarida uchraydi. S. yopishkrkligi va egiluvchanligi tufayli shaklini tez oʻzgartiradi, yengil jilolanadi. S. guruhiga kiradigan minerallarning kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan. Bir xil kationlarning boshqa bir kationlar bilan almashinish hollari juda koʻp uchraydi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: alyuminiyli S. — muskovit, paragonit; magnezial temirtoshli S. —flogopit, biotit, lepidomelan; litiyli S. — lipidolit, sinnvaldit, tayniolit; shuningdek, vanadiy l i S. — roskoelit; xromli S. — xromli muskovit yoki fuksit va boshqalar. S. tarkibida koʻpincha kamyob elementlar (Be, V, Sn, Nb, Ta, Ti, Mo, W, U, Th, Y, TR, Bi) boʻladi. Mineralning qatqatsimon koʻrinishi, juda yupqa, egiluvchan va mustahkamligini saqlab qoluvchi qatlarga boʻlinishi S.ning paketlararo aloqasining kuchsizligi bilan bogʻliq. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2,8 g/sm³ (muskovit), 3,3 g/sm³ (biotit), 2,2 g/sm³ (flogopit). Muskovit va flogopit rangsiz, yupqa qatlamlari shaffof; kuchsiz qoʻngʻir, binafsha, yashil tuslari Fe2+, Mn2+, Sg2+ va boshqa birikmalar bilan bogʻliq. Temirli S.ning qoʻngʻir, jigarrang, toʻq yashil va kora boʻlishi tarkibidagi Fe2+, Fe3+, Sg2+va boshqa nisbatiga bogʻliq. S. elektrotexnika sanoatida izolyator sifatida qamda slyuda kukuni, oʻtga chidamli materiallar, gulqogʻozlar, slyudali karton, issiqqa chidamli boʻyoq, har xil keramik mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. S. konlari xorijda Rossiya Federatsiyasi (Irkuts viloyati, Kareliya, Murmansk viloyati, Kola yarim orol, Saxa), Hindiston, Braziliya, AQSH va Kanadada mavjud.