Kontent qismiga oʻtish

Smeta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Smeta (rus.) — oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1) Xarajatlar S.si — mahsulot i.ch., ish, xizmatlarni bajarish boʻyicha toʻliq xarajatlar hisobi; 2) daromadlar va xarajatlar S.si — korxona, tashkilot, muassasaning xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishda foidalaniladigan pul mablag'lari tushumlari va ularni sarflash boʻyicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Baʼzan i.ch.ga, obʼyektlarni qurishga alohida xarajatlar S.si tuziladi; 3) S. boʻyicha moliyalashtirish — xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga koʻra, davlat byudjetidan pul mablag'lari ajratish.