Kontent qismiga oʻtish

Smith sinishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Smith sinishi
Smith sinishi
Mutaxassislik Travmatologiya
Asoratlari Osteoartrit, soxta bo'g'im
Sabablari Travma
Tashxis usullari 2 proyeksiyadagi rentgenogramma

Smith sinishi – bu bilak suyagi distal qismining sinishi[1].

Bu sinish bilak suyagi orqa yuzasiga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba kelishi[2] yoki odam bilagi bukilgan holda yerga yiqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Lekin Smith sinishi uchun eng keng tarqalgan shikastlanish mexanizmi bilak boʻgʻimi biroz orqaga burilgan holda kaftga yiqilishi natijasida kelib chiqadi[3]. Smith sinishi Kolles sinishiga qaraganda kamroq uchraydi.

Kolles sinishidan farqli ravishda, Smith sinishida suyak boʻlaklari ventral (old) tomonga qarab yoʻnalgan boʻladi. Mexanik taʼsirning ogʻirligiga qarab, bir yoki bir nechta suyak boʻlaklari boʻlishi mumkin va bu sinish bilak boʻgʻimining boʻgʻim yuzasini oʻz ichiga olgan yoki olmagan hollarda boʻlishi mumkin.

Bilak suyagi distal qismi sinishlarining keng tarqalgan tasnifi Frykman tasnifidir[4]:

  • I tur: boʻgʻimdan tashqari sinish
  • II toifa: I toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga kelishi
  • III toifa: bilak-kaftusti boʻgʻimlarining shikastlanishi
  • IV toifa: III toifa sinish bilan tirsak suyagi distal qismi sinishi birga kelishi
  • V toifa: distal bilak-tirsak boʻgʻimi sinishi.
  • VI toifa: V toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga kelishi
  • VII tip: sinishda bilak-kaftusti va distal bilak-tirsak boʻgʻimlarining ikkalasi ham ishtirok etadi.
  • VIII-toifa: VII-toifaning tirsak suyagi distal qismi sinishi bilan birga kelishi.

Koʻzdan kechirganda:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smith sinishining klassik vizual tekshirish natijalari bilakning kaft tomonga siljishi boʻlib, bu „belkurak deformatsiyasi“ ga olib keladi.

Rentgen tekshiruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki proyeksiyada olinishi kerak: Old-orqa va lateral.

Old-orqa rentgenografiyada Smith sinishi Kolles sinishiga juda oʻxshaydi. Ammo lateral proyeksiyadagi rentgenografiya singan boʻlaklarning oldinga burchak hosil qilishini koʻrsatadi[5].

Ushbu sinishni davolash sinishning ogʻirligiga bogʻliq. Suyak boʻlaklari siljimagan sinish faqat gips bilan davolanishi mumkin. Oʻrta burchak va suyak boʻlaklari siljishi boʻlgan sinish yopiq repozitsiyani talab qiladi (jarrohlik qilmasdan singan suyak boʻlaklarini joyiga tushirish). Katta burchak va deformatsiya ochiq repozitsiya va ichki fiksatsiya bilan toʻgʻirlanadi. Ochiq sinishlar har doim jarrohlik aralashuvini talab qiladi. 

Operativ davolash uchun koʻrsatmalar orasida dorsal yoki ventral maydalanish, boʻgʻim ichidagi shikastlanish, repozitsiyadan keyingi beqarorlik, 20 darajadan yuqori burchak hosil boʻlishi yoki bilak suyagi uzunligining 5 mm dan ortiq qisqarishi kiradi[6].

Yopiq repozitsiya uchun yondashuv Kolles sinishi uchun qilinadigan repozitsiyaga qarama-qarshidir. Smith sinishi holatida bilak boʻgʻimini yozilgan holida boylam qoʻyilishi kerak[6].

Eng katta asorati – bilak suyagi distal qismining qisqarishi tufayli bilakning notoʻgʻri bitishi. Bu doimiy qoluvchi „belkurak deformatsiyasi“ga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, avval Smith sinishini boshidan kechirgan bemorlarda karpal tunnel sindromi va osteoartrit rivojlanishi xavfi yuqori. Siniqlar bitmaslik hollarida bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (musculus extensor pollicis longus)ning suyak boʻlaklari orasida siqilib qolishiga va keyinchalik ushbu mushak payining yorilishiga olib kelishi mumkin.

Smith jarohatini olganlarning taxminan 40%ida Zudek sindromi uchrashi mumkin[6].

Bu sinish ortoped-jarroh Robert William Smithning (1807-1873) sharafiga nomlangan.

  1. Taber's Cyclopedic Medical Dictionary, 18th, F.A. Davis, 1993. ISBN 0-8036-0194-8. 
  2. First Aid: Emergency Medicine, 2nd, McGraw-Hill, 2006. ISBN 0-07-144873-X. 
  3. "Smith's fracture generally occurs after falling on the palm of the hand". Journal of Orthopaedic Research 35 (11): 2435–2441. 2017. doi:10.1002/jor.23556. PMID 28262985. 
  4. "Adult distal radius fractures classification systems: essential clinical knowledge or abstract memory testing?". Annals of the Royal College of Surgeons of England 98 (8): 525–531. November 2016. doi:10.1308/rcsann.2016.0237. PMID 27513789. PMC 5392888. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5392888. 
  5. "Emergency Medicine Manual, (6th): By O. John Ma, David M. Cline, Judith E. Tintinalli, Gabor D. Kelen, and J Stephan Stapczynski. New York: McGraw-Hill Medical Publishing Division, 2004, 977 pages, $45.00 (softcover)". Academic Emergency Medicine 12 (1): 95–96. 2005-01-01. doi:10.1197/j.aem.2004.07.019. 
  6. 6,0 6,1 6,2 "Smith's Fracture Review". StatPearls (StatPearls Publishing). 2019. PMID 31613494. http://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK547714/. Qaraldi: 2019-11-20. Smith sinishi]]