Kontent qismiga oʻtish

Soʻgʻd aylanma raqsi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
So‘g‘d aylanma raqsi

VI asrga oid suvdonga tasviri tushirilgan so‘g‘d aylanma raqsi ijrochisi
Turlari Milliy raqs
Avlod sanʼatlar Dunhuang raqsi, Huten
Madaniy manbai So‘g‘diyona
Kelib chiqish davri 1-mingyillikning birinchi yarmi

Soʻgʻd aylanma raqsi (xitoycha: 胡旋舞 (huxuan vu) — eramizning 1-mingyillikning birinchi yarmida Xitoyga olib kelingan soʻgʻd raqsi. Xitoyliklar bu raqsni tezda oʻzlashtirib olishadi va Xitoyda juda ommalashgandan soʻng, imperator saroyida ham ijro etila boshlandi.

Orkestr kuyiga xirom qilayotgan raqqos. Buddaviylik qoyatosh surati (46-grot — 2-yoʻlak, chap tomondagi ichki devor. 112-gʻor ham deb nomlangan).
Suy sulolasi maqbarasi devoriga ishlangan „aylanma raqs“ tasviri.
220-gʻor. Mogaokuagi buddaviylik ibodatxonasi devoriga tasviri tushirilgan raqqos Hu Xuan.
Anyangdagi maqbaradan topilgan oʻrta osiyolik (katta ehtimol bilan soʻgʻdlik) boʻlgan raqqoslar va musiqachilar tasviri tushirilgan koʻza (Shimoliy Qi, milodiy 575-yil)[1][2].

Soʻgʻd raqsi va unga oʻxshash raqslar Tan sulolasi davridagi Xitoyda, ayniqsa, Changʻan va Loyan hududlarida juda ommalashgandi[3][4].

Turli raqslarni ijro etgan soʻgʻd savdogar-raqqoslari, ayniqsa, bu raqsi bilan shuhrat qozonishgan hamda Xitoyda juda mashhur boʻlishgan[2]. So‘g‘d raqsida yosh ayol aylana ichida raqsga tushardi[3]. Soʻgʻd raqsini Xitoy saroyida, bundan tashqari, saroydan tashqarida ham ijro etilgan. Tan sulolasi manbalariga koʻra, saroyda bu raqsni hatto Tan sulolasi imperatori Xuanzong va uning suyukli kanizagi Yang Guifei ijro etishgan[5].

Soʻgʻd aylanma raqsi Xitoyda yashab oʻtgan soʻgʻdlarning maqbaralarida tasvirlangan[6]. Bundan tashqari, bu raqs xitoylarga tegishli boʻlgan koʻplab maqbaralar devorlarida ham uchraydi, bu esa raqsning Xitoyda mashhurligidan yana bir bor dalolat beradi[5].

Eron, soʻgʻd va turkiy sanʼatkorlar Xitoy raqs sanʼati (xoreografiya)ga katta hissa qoʻshganlar. Sanʼatkorlar orasida eng mashhurlari raqqos yigitlar va raqqosa qizlar hisoblangan.

VIII asrga kelib Xitoydagi soxta musiqalar oʻz oʻrnini chinakam yot musiqaga boʻshatib berdi, oʻsha davrdagi mashhur xitoy musiqasi — kuyi jihatidan Oʻrta Osiyodagi shahar-davlatlarning musiqasiga oʻxshash boʻlgan. Misol uchun, imperator Xuanzong (maʼlumotlarga koʻra, bu imperatorning saroyida o‘ttiz ming musiqachi faoliyat yuritgan) haqidagi „Qush patlari bilan bezatilgan kamalak libosi“ qo‘shig‘i o‘rta osiyoliklarning „Brahman“ qo‘shig‘ining qayta ishlangan shakli boʻlgan.

Kucha, Xaraxoto, Koshgʻar, Buxoro, Samarqand Hindiston va Koreyaning musiqiy anʼanalari Xitoy musiqasi bilan uygʻunlashib ketadi. Shunday qilib, rasmiy homiylik ostidagi Kucha, Xaraxoto, Koshgʻar, Buxoro va Samarqand, Hindiston hamda Koreya musiqa anʼanalari Xitoy musiqa anʼanalari bilan qoʻshilib ketdi. Kucha musiqasi (Serindianing boshqa shaharlari bilan solishtirganda) Tan musiqa madaniyatiga eng katta taʼsir koʻrsatdi. Bu musiqaga oid cholgʻu asboblaridan eng muhimi lyutnaga oʻxshash toʻrt torli, egilgan boʻyinli cholgʻu asbobi boʻlib, uning texnik imkoniyatlari va sozlanishi Tan musiqasining yigirma sakkizta mashhur turiga va ularda chalinadigan kuylarga moʻljallangan. Kucha musiqasida yana surnay va nayning alohida oʻrin egallashi, bu cholgʻu asboblarining Xitoyda keng tarqalashiga sabab boʻldi. Kucha cholgʻu asboblari ichida eng mashhuri axta qoʻchqorning terisidan qilingan, laklangan doʻmbira boʻlib, uning ijrosida sanskrit tilidagi noyob qoʻshiqlar aytilgan.

  1. Michael Sullivan The arts of China 1999, s. 120
  2. 2,0 2,1 Watt, James C. Y. China: Dawn of a Golden Age, 200-750 AD 2004, s. 251
  3. 3,0 3,1 The Silk Road Encyclopedia (ingliz tilida). Seoul Selection, 2016 — 778-bet. ISBN 9781624120763. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr. 
  4. China Archaeology and Art Digest (ingliz tilida). Art Text (HK) Limited, 1997 — 386-bet. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr. 
  5. 5,0 5,1 Furniss, Ingrid „Retracing the Sounds of Sogdiana“. Smithsonian Institution. 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentyabr.
  6. Lerner, Judith A. „Sogdian Dancer“. Smithsonian Institution. 2022-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.