Kontent qismiga oʻtish

Soʻrov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Soʻrov — sotsiologik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan dastlabki axborot yigʻish uslubi. S. yordamida oʻrganilayotgan obyekt toʻgʻrisida empirik maʼlumot toʻplanadi. S. jamoatchilik fikrini, yaʼni fuqarolar, ijtimoiy guruhlarning jamiyat muammolariga munosabatini oʻrganishga qaratiladi hamda ijtimoiy axborot toʻplash, aholining isteʼmol talabini oʻrganish va shu kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Ijtimoiy axborot ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar toʻgʻrisidagi bilimlardir. S. jarayonida respondentlar (sotsiologik tadqiqotda axborot olish manbai sifatida ishtirok etuvchi shaxslar) soʻrovnomadagi savollarga yozma javob beradilar. S. sotsiologik axborotning ishonchliligini, yaʼni tadqiqotlarda olingan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlashi zarur.