Soʻx svitasi
Qiyofa
Soʻx svitasi — quyi toʻrtlamchi davrga mansub yotqiziklar, 1932-yil mustaqil svita sifatida ajratilgan. Soʻx svitasi Fargʻona, Isfara, Shohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 m gacha. S.s, asosan, qum, shagʻal va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, boʻr va uchlamchi davr yotqiziqlarining yuvilishi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. Soʻx svitasi yotqiziqlari qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |