Kontent qismiga oʻtish

Soʻzlashuv tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soʻzlashuv tili — ogʻzaki adabiy til turlaridan biri; kundalik turmushdagi aloqaaralashuv uchun xizmat qiladi, muomala va taʼsir koʻrsatish vazifasini bajaradi. Milliy aloqaaralashuv vositasi sifatida millatning shakllanish davrida vujudga keladi. St. adabiy tilning yashash, amal qilish shakli sifatida uning asosiy belgilariga (laxjalardan ustun turish, barqarorlik, meʼyoriylik, qoʻllanish sohasining kengligi) ega boʻladi. Soʻzlashuv tilitarixiy kategoriya. Soʻzlashuv tilining turli milliy. tillardagi tarixi uning ogʻzaki shaklda mavjud boʻlgani tufayli manbalarda qayd etilmagan.

St. bir qator oʻziga xos belgilari bilan, jumladan, oldindan oʻylash va til materialini oldindan tanlab olishning boʻlmasligi, nutqiy aloqaning suhbatdoshlar orasida bevosita boʻlishi, nutq jarayonining erkinligi, rasmiylikdan holi boʻlishi va sh. k. bilan ajralib turadi. Tilning barcha sohalari (fonetika, morfologiya, leksika va boshqalar) boʻyicha ham Soʻzlashuv tili ning alohida xususiyatlari bor. Mas, fonetika boʻyicha bu narsa oʻziga xos talaffuzda koʻrinsa, leksikada uning oʻziga xos soʻzlarga (argolar, jargonlar, dialektizmlar va boshqalarga) egaligida namoyon boʻladi. Soʻzlashuv tili xizmat koʻrsatadigan aloqaaralashuv jarayonida nafaqat sof lisoniy vositalarning oʻzi, balki qoʻl va yuz bilan qilinadigan imoishoralarning ham katta ahamiyati bor: bunday imoishoralar soʻzlovchi nutqining yanada aniq va taʼsirchan boʻlishini taʼminlaydi, pauza yoki ayrim soʻzlar va fikrlar oʻrnini bosadi. Soʻzlashuv tili unsurlari badiiy adabiyotda ham, uning taʼsirchanligini oshirish, mahalliy koloritni koʻrsatish maqsadida ham keng qoʻllanadi.