Kontent qismiga oʻtish

Soʻzning leksik maʼnosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Soʻzning leksik maʼnosi – soʻzning material qismi – leksema bildiradigan maʼno; muayyan tovushlar majmuini maʼlum obyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmunmundarija; lugʻaviy maʼno. Mas, „Bolalarni oʻynatdik“ gapidagi birinchi soʻz hali yosh, voyaga yetmagan odamni, goʻdakni, ikkinchi soʻz esa harakatni (bola bilan bogʻlangan harakatni) biddiradi. Demak, „bola“ va „oʻyna“ soʻzlaridan ifodalanadigan mazkur konkret maʼnolar shu soʻzlarning leksik maʼnolaridir. Soʻzning leksik maʼnosi muayyan soʻzning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. Soʻzning leksik maʼnosi oʻzaknegizning oʻzi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham soʻzdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik maʼno suz yasalishi va leksikologiya bilan bogʻliqdir. Soʻzning leksik maʼnosi shu soʻzning oʻzigagina tegishli xususiy maʼno boʻlishi bilan bir qancha oʻxshash soʻzlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik harakteriga ega boʻlgan grammatik maʼno dan farq qiladi.