Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Ibrohimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sobirjon Ibrohimov (1905-yil 21-dekabr, Andijon — 1974-yil 22-dekabr, Toshkent) — tilshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), filologiya fanlari doktori (1961), professor (1965). Samarqanddagi Oʻzbekiston Pedagogika akademiyasida oʻqigan (1928—1929), "Qizil Oʻzbekiston" gazetasining maxsus muxbiri (1929), Oʻzbekiston davlat nashriyotida adabiy muharrir (1929—1933), Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim (1933), Yangi alifbo va terminologiya qoʻmitasida boʻlim mudiri (1934—1937), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1937—1974). Ilmiy tadqiqotlari oʻzbek tilining fammatika, dialektologiya, leksikologiya, imlo, orfoepiya kabi sohalariga oid ("Fargʻona shevalarining kasb-hunar leksikasi", 1—3-kitob, 1956—1959; "Bosh harflarni ishlatish qoidalari" 1964; "Oʻzbek imlosidagi baʼzi qiyin holatlar", 1970; "Adabiy talaffuz madaniyati", 1972 va boshqalar). Ibrohimov "Ruscha-oʻzbekcha lugʻat" (1954; 1950—1955), "Navoiy asarlari lugʻati" (1972), "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" (1981) va boshqalar tuzishda qatnashgan.

  • Oʻzbek tilining Andijon shevasi, T., 1967; Nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida, T., 1972; Tilga eʼtibor — elga eʼtibor, T., 1972.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil