Kontent qismiga oʻtish

Sobirjon Yusupov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sobirjon Muhammedovich Yusupov
Sobirjon Muhammedovich Yusupov
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1881-yil
Buxoro
Vafoti 1931-yil

Sobirjon Muhammedovich Yusupov — (1881—1931) — Turkiston va Buxorodagi milliy rahbarlardan biri. Davlat va siyosat arbobi. Turkiston Milliy Majlisi a’zosi.


Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobirjon Yusupov Buxoro shahrida 1881-yilda o’zbek ishchisi xonadonida tavallud topgan. U 9 yoshidan boshlab paxta tozalash zavodida ishchi sifatida ishlagan. Uning bolalagi tatar oilasida o’tgan. 1907—1910-yillarda Toshkent hunarmandchilik bilim yurtida, mexanik ixtisosligi bo’yicha tahsil olgan. Sobirjon Yusupov Toshkentda istiqomat qilib yurgan paytda Rossiya imperiyasidagi sotsial-demokratik harakatiga kelib qo’shiladi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi oxrankasi ta’qibidan qochib, 1911-yilda Buxoroga qaytadi. Buxoro amirligi siyosiy tuzumiga qarshi kurashlar olib borgan. Toshkentda 1917-yil 18—26-oktyabrda bo’lib o’tgan musulmon harbiylar syezdida qatnashib, Markaziy Harbiy Sho’ro a’zosi bo’lgan. 1917-yilda Qo’qonda bo’lib o’tgan Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylangan[1]. 1918-yil boshlarida Sobirjon Yusupov bolsheviklar partiyasi a’zosi bo’lgan. 1918-yil yozida Moskvaga boradi va Butunrossiya Sovetlari V syezdida qatnashadi, bolsheviklar partiyasi va sovet davlati rahbarlari V.I.Lenin va Y.M.Sverdlov bilan uchrashadi. 1918—1919-yillarda Turkiston ASSRning RSFSRning favqulodda muxtor vakili bo’lgan. 1920-yil avgust-sentyabr oylarida Buxoro amirligini tugatishda va Buxoro shahrini bosib olishda faol ishtirok etgan. Fayzulla Xoʻjayev yozishicha, u Buxoro Markaziy Revkomi a’zosi bo’lgan. 1920—1924-yillarda Butunbuxoro Favqulodda komissiyasi raisi, Shahrisabz militsiyasi alohida otryad komandiri, BXSR militsiyasi Bosh boshqarmasi boshlig’i, BXSR harbiy ishlar noziri kabi lavozimlarda faoliyat yuritadi. 1931-yil 12-mayda Toshkent shahrida 50 yoshida vafot etgan[2].

  1. Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92-bet.