Soch oqarishi
Soch oqarishi - soch rangining oʻzgarishi; soch ildizi pigmentining kamayishi yoki yoʻqolishidan kelib chikadi. Asosan, kishi qariganda kuzatiladi; 35—40 yoshlarda bittaikkita soch oqara boshlaydi, baʼzan soch vaqtidan ilgari oqarishi ham mumkin. Dastlab chakkadagi, keyinroq borib butun boshdagi soch oqaradi; qosh va kipriklar kechroq oqaradi. Qariganda So. normal fiziologik holatdir. Yoshlikda So. ga nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, kamqonlik, vitaminlar yetishmasligi, asabiy holat, oʻta tolikish va boshqa sabab boʻladi.
Vaqtidan ilgari So. irsiy boʻlib, nasldan naslga oʻtishi ham mumkin. Oqargan soch dastlabki jilosini yoʻqotadi; uni serjilo qilish maqsadida xina, basma (qora xina) kabi oʻsimlik boʻyoqlari yoki kimyoviy boʻyoklardan foydalanish tavsiya etiladi. Soch boʻyagichlariga ruju qilaverish yaramaydi; buyrak kasalliklari, homiladorlik va bola emizish davrida soch boʻyagichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Soch boʻyashdan oldin vrach bilan maslahatlashib olgan maʼqul.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |