Sodiq Boltaboyev
Sodiq Boltaboyev | |
---|---|
OʻzSSR KP MQ 3-kotibi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1900-yil Qoʻqon |
Vafoti | 1938-yil |
Sodiq Boltaboyev — qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi. OʻzSSR KP MQ 3-kotibi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sodiq Boltaboyev 1900-yili Qoʻqonda kambagʻal dehqon oilasida tavallud topgan. Otasi chirikorlik qilib, oilasini tebratgan. U uch yil davomida Qoʻqondagi eski maktabda oʻqiydi. 1915-1918-yillar davomida oʻzi ham boylarning qoʻlida batraklik qilgan. Qoʻqon temiryoʻl stansiyasiga 1918-1922-yillar ishga kirib, machinist yordamchisi va mashinist boʻlib ishlagan. U 1922—1923-yillar davomida armiyada xizmat qiladi va mustaqil taʼlim oladi. 1923—1925-yillarda Qoʻqondagi temiryoʻl stansiyasida olovxona mutaxasisi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Boltaboyev Sodiqjon 1925—1928-yillar davomida Fargʻona shahar kasaba uyushmalari rahbari, 1928—1929-yillar davomida Fargʻona muzofot ijroqoʻmi raisi sifatida ishlaydi[1]. Sodiqjon Boltaboyev 1932—1934-yillarda OʻzSSR KP MQ 3-kotibi boʻlib faoliyat koʻrsatadi. Moskvadan Oʻzbekistonga 1934-yili Kuybishev boshchiligida komissiya keladi. Sodiqjon Boltaboyev bu paytda respublikaning barcha hududlarida paxta ekish va yigʻib olish ishiga shaxsan rahbarlik qiladi. 1934—1937-yillar davomida OʻzSSR KP MQ 3-kotibi va Toshkent shahar partiya qoʻmitasi birinchi kotibi vazifasini bajaradi. 1937-yilda S. Boltaboyev ishga bormay qoʻyadi. 1937-yil 10-avgust kuni Sodiq Boltaboyevni qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqadi. Sodiq Boltaboyev tinimsiz qiynoqlar ostida soʻroq bayonnomalariga imzo chekishga majbur qilinadi. Sodiqjon Boltaboyevga turli xil ayblovlar qoʻyiladi va uni tan olishga majbur boʻladi. Unga OʻzSSR JKning 57-1, 58, 63, 64, 67-moddalar asosida millatchilik aksinqilobiy tashkilotga 211 nafar kishini tortganlik, qurollar toʻplaganlik kabi qator jinoyatlarda ayblanadi. 1938-yil 4-oktabr kuni Sodiqjon Boltaboyevga otuv jazosi belgilanadi va shu kunning oʻzidayoq ijro etiladi. 1956-yil 29-iyun kuni Sodiqjon Boltaboyev SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan oqlanadi[2].