Kontent qismiga oʻtish

Zaynab Sodiqova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sodiqova Zaynab Gʻaniyevnadan yoʻnaltirildi)

Zaynab Gʻaniyevna Sodiqova (1917.9.2, Ijevsk — 1995.25.5, Samarqand) — aktrisa, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Ijodiy faoliyatini 1934-yil H. Olimjon nomidagi Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan. S. ijodi dramatik shuur bilan birga pinhon kechinmalarga boy. Sahnada soʻz jarangidan koʻra, xrlat, xatti-harakat va qarashlar maʼnosi orqali obraz qiyofasini ochishni afzal koʻrgan. Sahnada 150 dan ortiq rol ijro etgan. Qimmat ("Rustam"), Lida ("Platon Krechet"), Dilbar ("Tormor"), Lyubov ("Lyubov Yarovaya"), Adolat ("Adolat"), Luiza ("Makr va muhabbat"), Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Xolisxon ("Xolisxon"), Guli ("Alisher Navoiy"), Kuraj ona ("Bandai gumroh") va boshqa shular jumlasidan. Rej. sifatida "Toshbolta oshiq" (h. Gʻulom, M. Leviyev), "Birinchi muhabbat" (X. Vohid), "Jon qizlar" (K. Boyseitov, K. Shangʻitboyev, M. Muhamedov), "Ezop" (G. Figeyredu), "Tentak" (N. Hikmat), "Odam tugʻildi" (Oʻ. Umarbekov), "Parvona" (Uygʻun), "Olgin devor" (E. Vohidov), "Otello" (U. Shekspir, A. Grinberg bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil