Sodir Erkinov
Qiyofa
Sodir Erkinov — (1930, Rishton tumani, Fargʻona — 2009) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1977), professor.
Sodir Erkinov | |
---|---|
Tavalludi |
1930-yil, 30-dekabr Fargʻona viloyati, Rishton tumani |
Vafoti | 2009-yil |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992) |
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona davlat pedagogika universitetini tugatgan (1952). Moskva davlat universitetida aspirant (1953—1956), Qoʻqon davlat pedagogika institutida katta oʻqituvchi (1958—1962), Qoʻqon adabiyot muzeyining mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti boʻlimi katta ilmiy xodimi (1962), tekstologiya boʻlimi mudiri (1976).
Uning „Lutfiy“ (1965), "Navoiy „Farhod va Shirin“i va uning qiyosiy tahlili" (1971) monografiyalari nashr etilgan.
„Asrlar osha mushoira“, „Sharq adabiyotida Farhod qissasi“, „Nizomiy Ganjaviy“ kabi kitoblar muallifi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati (1992)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 154-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |