Sofistika
Qiyofa
Sofistika (yun. sophistike — hiylagarlik bilan munozara olib borish) — 1) Yunonistonda sofistlar yaratgan falsafiy oqim. Uning yirik vakillari: Gorgiy (taxminan mil. av. 483—375), Protagor va boshqa; 2) mantiq qonunlarini atayin buzib, yolgʻon dalillarga asoslangan holda muhokama yuritish. S. tashqi tomondan toʻgʻri boʻlib tuyuladigan, aslida esa mantiqiy xato mulohazalarga tayanadi (yana qarang Sofizm).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |