Kontent qismiga oʻtish

Sofiya Andruxovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofiya Andruxovich

Sofia Andruxovich Wrocławda, 2015-yil.
Asl ismi ukraincha: Софія Юріївна Андрухович
Tavalludi 17-noyabr 1982 va 1982
Ijod qilgan tillari Ukrain tili, Nemis tili, Polyak tili va Ingliz tili
Fuqaroligi Ukraina
Turmush oʻrtogʻi Andriy Bondar
Bolalari Varvara

Sofiya Yuriyivna Andruxovich (ukraincha: Софія Юріївна Андрухович, 1982-yil 17-noyabrda tugʻilgan) – ukrainalik yozuvchi va tarjimon. U ukrainalik yozuvchi Andrey Bondarning rafiqasidir.

Hayoti va ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilda Varshavada Andruxovich oʻz kitoblariga imzo qoʻyib taqdim etmoqda

Sofiya Andruxovich Ivano-frankovskda Yuriy Andruxovichning oilasida tugʻilgan. U ukrainalik yozuvchi Andriy Bondarga turmushga chiqqan. 2008-yil 10-martda ularning Varvara ismli qizi tugʻilgan.

Sofiya Andruxovich 2000-yilda oʻz shahridagi tabiiy fanlar litseyini va Ukraina matbaa akademiyasini tamomlagan[1].

Sofiya Andruxovich Chetver davriy nashrining hammuharriri hisoblanadi. 2004-yilda u Krakovdagi Villa Decius uyushmasidan grant olgan va usha yerda bir muncha vaqt yashagan[2]. Sofiya Andruxovich hozir Kiyevda istiqomat qiladi.

2014-yil dekabr oyida Sofiya Andruxovichning Feliks Avstriya nomli romani BBC Ukrainaning „Yil kitobi 2014“ mukofotiga sazovor boʻlgan[3]. Roman mazmunidan ilhomlangan holda chiqarilgan qoʻshimcha nashr, Marianna Dushar bilan yozilgan boʻlib, alohida kitobi shaklida nashr etilgan[4]. 2020-yilda ayni shu kitob asosida suratga olingan, rejissyor Kristina Sivolapning „Viddana“ nomli ukrain-polsha tilidagi badiiy filmi namoyish etilgan[5].

2021-yil mart oyida Sofiya Andruxovich adabiyot boʻyicha „Ayollar sanʼati“ mukofotini qoʻlga kiritgan[6].

  • Lito Mileni ukraincha: Літо Мілени (Kiyev, 2002).
  • Stari lyudi ukraincha: Старі люди (Ivano-Frankivsk, 2003).
  • Jinki yxníx cholovíkiv ukraincha: Жінки їхніх чоловіків (Ivano-Frankivsk, 2005).
  • Somga ukraincha: Сьомга (Kiyev, 2007).
  • Feliks Avstriya ukraincha: Фелікс Австрія (Lvov, 2014).
  • Amadoka ukraincha: Амадока (Lvov, 2020).

Sofiya Andruxovich Manuela Gretkovskaning „Evropeyka“ kitobini polyak tilidan ukrain tiliga tarjima qilgan. Viktor Morozov bilan hamkorlikda ingliz yozuvchisi J. K. RowlingningGarri Potter va alanga kubogi“ (Garri Potter i kelix vognyu ukraincha: Гаррі Поттер і келих вогню nomi bilan) asarini ukrain tiliga tarjima qilgan.

Jamoatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya prezidentiga ukrainalik rejissyor Oleg Sentsovni ozod etishni talab qilib yozilgan petitsiyani imzolagan[7].

  1. Lvіvskiy natsіonalniy unіversitet (fax – ukraїnska fіlologіya) → Premіyu Konrada za 2015 otrimala Sofіya Andruxovich. (Wayback Machine saytida 2 September 2017[Date mismatch] sanasida arxivlangan) → za slovami p. Sofії, pomilka
  2. „Forum for Dialogue between Cultures“. Villa Decius Association.[sayt ishlamaydi]
  3. „BBC Ukrainian Book of the Year 2014 and Book of the Decade winners named“. The Financial (2014-yil 13-dekabr).
  4. Dushar, Marianna. Галицькі смаколики: кулінарний записник (uk). Vydavnyt︠s︡tvo Staroho Leva, 2019. ISBN 978-617-679-563-6. 
  5. „Ukraińska "Viddana” z europejskimi ambicjami“. PolskieRadio.pl. Qaraldi: 2022-yil 8-may.[sayt ishlamaydi]
  6. „Winners of Women in Arts Award 2021 announced“. Ukrinform (2021-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 16-may.
  7. Il faut libérer d’urgence Oleg Sentsov, en grève de la faim depuis plus de 45 jours (Wayback Machine saytida 24 February 2019[Date mismatch] sanasida arxivlangan) // Change.org