Kontent qismiga oʻtish

Sohibgaray I

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sohib Garay I (1551, Bog'chasaroy) — davlat arbobi. "Qozon xoni" (1521-1524), "Qrim xoni" (1532-1551). Garaylar sulolasidan. Mengli Garayning oʻgʻli. Onasi — Hur Sulton noʻgʻay. 1521-yilda Sohib Garay qozonliklar taklifiga koʻra, Qozon xoni boʻlgan. Oʻsha yili ukasi — Qrim xoni Muhammad Garay bilan birgalikda Moskva knyazligiga harbiy yurish qilib, Moskvani egallagan.

Moskva buyuk knyazi Vasiliy III Qrim xoniga har yili oʻlpon toʻlab turish majburiyatini olgan. Biroq, Moskva knyazligi Qozon ustiga harbiy yurish qilishga tayyorgarlik koʻrayotganligi uchun Qozon xonligi bilan Usmonli turk sultonligi oʻrtasida oʻzaro shartnoma tuzilgan. Sohib Garay oʻz oʻrniga akasining oʻgʻli — 13 yoshli jiyani Safo Garayni qoʻyib, 1524-yil bahorda Istanbulga borgan va sultondan harbiy yordam soʻragan. Sohib Garay birmuncha muddat Istanbulda turgan. Sohib Garay Qrim xoni boʻlgach (1532), Qozon xonligi bilan oʻzaro ittifoq tuzgan (1533). Oʻziga qarshi chiqqan Islom Garay bilan kurashgan (1532— 1537). Moskva (1541), Quyi Volga (1546-1547) va Shimoliy Kavkaz (1551)ga harbiy yurishlar uyushtirgan. Saroy fitnasi natijasida oʻldirilgan.