Sohil yoqalab chopayotgan olapar
Fayl:Sohil yoqalab chopayotgan olapar.jpg | |
Asl nomi | Пегий пёс, бегущий краем моря |
---|---|
Muallif(lar) | Chingiz Aytmatov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1977 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1973 |
Sahifalar soni | 168 |
Sohil yoqalab chopayotgan olapar — taniqli qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ qissasini asarini oʻqish davomida siz oʻzingizni xuddi Oxoto dengizi sohillarida yurgandek his etasiz. Keyin Oqsoqol Oʻrxon, Emrayin, Milxun va ochiq dengizga birinchi bor chiqayotgan, tagʻinam ov uchun chiqayotgan Kirisk bilan bitta qayiqda boʻlgandik sizda tasavvur uygʻonadi
„Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ adibning boshqa asarlariga qaraganda ancha ogʻir oʻqiladi. Chunki uning bosh qahramoni Kirisk birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, soʻngra esa otasi aynan tabiiy ofat yo kasallik, falokat yoki dushman bilan olishuv natijasida emas chorasizlikdan, bundan ortiq soʻngsiz azob-uqubatga mubtalo boʻlmaslik, yanayam boshqacha aytganda, oʻn gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish buyuk neʼmatni yaxshi anglamagan Kirisk uchun oʻzlarini qurbon qiladi. Albatta, buni koʻrib-bilib, yurakdan oʻtkazib hech bir chora topolmayotgan jajji Kirisk uchun bundan-da ortiq azob-uqubat, bundan-da ziyoda gʻam-qaygʻu boʻlmaydi. Alaloqibat u dengiz bagʻrida qayiqdagi barcha yaqinlaridan ajraladi. Soʻng zaxirasidagi bor ichimlik suvi va yegulik ham tugaydi. Asarning eng qimmatli joyi shundaki, mana shu lahzada endigina ochiq dengizga chiqib koʻrgan, dengizda yuragidan oʻtkazgan qaygʻulari shu kungacha koʻrgan quvonchlarini yamlab ketadigan Kirisk har qancha qiyin boʻlmasin jamiki chekiladigan azoblardan bira toʻla qutulib qoʻya qolishdan tiyiladi.
Sahna koʻrinishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil — Bolalar va oʻsmirlar teatrida (Kemerovoda) spektakl qoʻydi, rejissyor Irina Latinnikova 1982-yil — spektakl Saxa nomidagi akademik teatrda sahnalashtirilgan P. A. Oyunskiy „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ qissasi asosida „Haaryan Khampa köx kytylym“ („Mening orzu qilgan moviy qirgʻogʻim“), rejissyor Andrey Borisov 2019-yil — Ryazan davlat viloyat qoʻgʻirchoq teatrida spektakl qoʻyildi („Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ hikoyasi asosidagi qoʻgʻirchoq masali), rejissyor Boris Konstantinov [1]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Mutolaa zavqi: „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ — sabrni sayqallaydigan asar“. Kun.uz (2018-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“. Ferlibrary.uz. Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.