Kontent qismiga oʻtish

Solkashlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Solkashlik — mevali daraxtlarning yil ora hosil berishi. Bu xususiyat, asosan, urugʻli mevalilarga xos. S. noklarda, odatda, olmaga Karaganda juda kam uchraydi. S, asosan, agrotexnikaga bogʻliq. Parvarishi yaxshi (tuprogʻi ishlanadigan, oʻgʻitlanadigan, sugoriladigan, butab turiladigan) oʻsimlik toʻqimalarida kerakli miqdorda oziq moddalar toʻplanib, gul kurtaklarining shakllanishiga, yaʼni kelasi yil hosiliga zamin yaratiladi va bunday daraxtlar har yili hosil beradi.

Odatda, mevali daraxtlar koʻp gul ochadi. Olma va nok daraxtlarining 10— 15% guli meva tugsa, serhosil hisoblanadi. Agar daraxtda gul juda koʻp bulsa, bir yillik novdalar sust usadi, barglari maydalashadi. Natijada daraxtlar kelgusi yili hosil uchun kerakli miqdordagi gul kurtaklarini shakllantira olmaydi. Shu davrgacha har yili hosil berib kelgan daraxt solkash boʻlib qoladi.

S. meva navita ham bogʻliq. Ayrim olma navlari (mas, Simirenko) yaxshi tabiiy sharoitda yetarlicha parvarish qilinsa, ayrimlari esa (mas, Delishes) qoʻshimcha parvarish qilingandagina har yili hosil beradi. S.ni yoʻq qilishda yoki uni kamaytirishda payvandtagning ahamiyati katta. Mas, kucheiz oʻsuvchi payvandtag (paradizka, dusen)ga ulangan olma daraxti har yili hosil beradi. S.ni bartaraf etishda har bir navning xususiyatini hisobga olgan holda tashqi muhit sharoiti, ayniqsa, agrotexnika tadbirlari majmui katta ahamiyatga ega. Har yili hosil berishga yordam beruvchi tadbirlarni ishlab chiqishda bogʻlarga ekiladigan navlar tarkibini tuzish, agrotexnologiya talablarini toʻliq va sifatli oʻtkazish muhim rol oʻynaydi.