Solojenik
Solojenik — Ukraina oshxonasining tuxum va mevali taomi. Tarkibiga un kiradi, ammo boshqa mahsulotlardan koʻp emas, shuning uchun solojeniklar unli taomlarga kirmaydi. Uning boshqa xalq oshxonalarida oʻxshashlari bor: polyak, chex, nemis. Asosan Pasxaga tayyorlanadi[1]. Blin pirogini eslatadi. Solojenikning asosiy xususiyati — uni tayyorlash uchun koʻp miqdorda tuxumdan foydalanish.
Tayyorlash prinsipi: sarigʻi, qaymoq, shakar, sariyogʻ (agar u retseptda boʻlsa) va un suyuq xamir qilib qoriladi, unga yanada suyuqroq boʻlishi uchun oxirgi daqiqada oz miqdorda koʻpirtirilgan tuxum oqi qoʻshiladi. Bu xamirdan kamida 3-5 ta blin pishiriladi va shirin nachinka bilan toʻldiriladi (boʻlaklarga boʻlingan va sariyogʻda qovurilgan olma yoki murabbo), shundan soʻng koʻpirtirilgan tuxum oqi quyiladi va pishiriladi. Bundan tashqari, blin tayyorlash oʻrniga, barcha komponentlar bir hil massaga aralashtirilib, ustiga koʻpirtirilgan tuxum oqi quyilib pechga qoʻyiladigan yengil versiya ham mavjud[2].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olchali solojenik;
- Makli solojenik;
- Poltavacha solojenik;
- Smetanali solojenik;
- Olmali solojenik.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Н. В. Абельмас. Украинская традиционная кухня. — Донецк: Сталкер, 2004. — 319 с. (рос.)
- Л. М. Безусенко. Українська національна кухня. — Донецьк: Сталкер, 2002. — 288 с. — ISBN 966-596-462-3.
- З. Клиновецька. Страви й напитки на Україні. — К.: Час, 1991 (репринт —Київ — Львів, 1913 р.). — 218 с. — ISBN 5-88520-094-7.
- Соложеники // Культура питания. Энциклопедический справочник / Под ред. И. А. Чаховского. — 3-е издание. — Мн.: «Белорусская энциклопедия имени Петруся Бровки», 1993. — С. 343. — 540 с. — ISBN 5-85700-122-6.
- Похлёбкин В. В. Соложеники // Кулинарный словарь. — М.: Издательство «Э», 2015. — С. 331—332. — 456 с. — 4000 экз. — ISBN 978-5-699-75127-3.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Галушки и другие блюда украинской кухни. Eksmo. Litres, 2020. — ISBN 5457039935, 9785457039933
- Кулинарная энциклопедия. Том 34. С (Сливки — Сугудай) (Pед-сост. Шинкарёва Н., Бондаренко Н.). — М.: ИД «Комсомольская правда», 2017. — ISBN 5040538707, 9785040538706
- Соложеник вишневый
- Сметанный соложеник по-украински