Kontent qismiga oʻtish

Somonxudot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Somonxudot – Somoniylar sulolasining asoschisi. Somonxudot VIII asrda tugʻilgan.

Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (10-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, al Mukaddasiy (10-asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. „Saʼdiya“ nomli asar (17-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan. Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar „Somon“ toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarqalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.

Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va hokazo) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5 pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻliq. U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshohdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshohlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqqatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari qatorida tilga olingan.

Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh al Qushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi qurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini qabul qiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad qoʻyadi. Somonxudotlarning nabiralari ham mavjud boʻlib ular. Arab xalifaligiga qarshi Rofe Ibn Lays boshchiligida kutarilgan qoʻzgʻolonni bostirib va Rofe Ibn Laysni qulga olishda yordam bergani uchun 4 ta nabirasiga mulklar yaʼni yerlarni boʻlib beradi. Bular Nuhga samarqand, Ahmadga Fargʻona, Ilyosga hirot, Yahyoga shosh va ustrushona tegadi